Imomzode Eynali va Zeynali yodgorlik majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imomzode Eynali va Zeynali yodgorlik majmuasiTehron shahrining janubi-gʻarbida, Punak mahallasi yaqinida, soʻlim bogʻlari ichida joylashgan. Punak aholisi rivoyat qilishicha, Imom Sajjodning farzandlari 11 yoshli Eynali va 15 yoshli Zeynalini dushmanlar shu yerda oʻldirib, chinor daraxti tagiga koʻmadilar. Oʻsha voqeadan soʻng bu yer ziyoratgohga aylangan. Yodgorlik binosi 1337-yilda Nosir Farmonfarmo buyrugʻi bilan barpo etilgan. Imorat tashqaridan sakkiz burchak, ichkaridan esa toʻrtburchak shaklida tashkil topgan. Imoratlarni bunday qurish Qojar hukmdori Fathalishoh davrida rasm boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 71 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.