LGBT
LGBT |
---|
Gomoseksuallik · Jins · Biseksuallik · Transseksuallik |
LGBT tarixi |
LGBT madaniyati |
Teng jinsli nikohlar |
LGBT yoki LBBT qisqartmasi lezbian, gey (LBBT shaklida esa besoqol), biseksual va transseksual odamlarni nomlashda ishlatiladi[1]. Bu qisqartma 1990-yillardan beri qoʻllanilmoqda; avvaliga u „LGB“ koʻrinishida boʻlgan. Hozirda LGBT atamasi bilan LGBT harakatini ham atashadi.
Har bir atama maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qisqartmani tashkil etuvchi har bir soʻz tegishli jamoat (submadaniyat) aʼzolarini bildiradi.
Lezbian[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lezbian atamasi jinsiy moyilligi ayollarga qaratilgan ayolga nisbatan ishlatiladi.
Gey[tahrir | manbasini tahrirlash]
gey yoki besoqol atamalari jinsiy moyilligi erkaklarga qaratilgan erkakni bildiradi.
Biseksual[tahrir | manbasini tahrirlash]
Biseksual soʻzi bir vaqtning oʻzida bir necha ayollar yoki erkaklar bilan jinsiy moyilligi istalgan jins vakiliga qaratilgan kishiga aytiladi.
Transseksual[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transseksual atamasi bilan jins oʻzgartirish amaliyotini boshidan kechirgan yoki transvestizmga moyil shaxslar nomlanadi. Transseksual odamlar „…tugʻilgan paytdagi jinslari oʻzlariga mos emasligini his etuvchilardir“, degan taʼrif mavjud.
LGBT tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1960-yillarning seksual inqilobigacha odatiy jinsiy moyillikdan tashqari moyilliklarga ega kishilar jamiyatda deyarli eʼtiborda boʻlishmagan. Baʼzi manbalarda bunday odamlar uchinchi jins deb atalganini koʻrish mumkin, biroq bu atama keng tarqalmadi. Tibbiy atama — gomoseksual — bora-bora haqorat tusini olgani uchun gey soʻzi qoʻllanila boshlandi; ayol gomoseksuallar ham sezilarli faollikka erishishganidan soʻng lezbian atamasi bu safga qoʻshildi. Keyin esa biseksual va transseksual soʻzlari paydo boʻldi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Parent, Mike C.; DeBlaere, Cirleen; Moradi, Bonnie (June 2013). "Approaches to Research on Intersectionality: Perspectives on Gender, LGBT, and Racial/Ethnic Identities". Sex Roles 68 (11–12): 639–645. doi:10.1007/s11199-013-0283-2.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda LGBT haqida turkum mavjud |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |