Svetlana Osipova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Svetlana Valeriyevna Osipova
Taekwondo at the 2017 Islamic Solidarity Games 9.jpg
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport Taekvondo
Tavallud sanasi 3-may 2000-yil (2000-05-03) (22 yosh)
Tavallud yeri Oʻzbekiston
Sport mukofotlari
Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari
Kumush Ashxobod 2017 73kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 67kg dan ortiq
Butunjahon harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 78 kg dan ortiq

Svetlana Valeriyevna Osipova (2000-yil 3-may,Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2017-yilda Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda u Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini, 2019-yilda u Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.O'zbekistonga qaytib keldi.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.U 73 kg gacha vazn toifasida finalda janubiy korealik sportchi Myung Minaga magʻlub boʻlib,kumush medal sohibasi boʻldi[1][2].

Yana 2018-yilda Svetlana Osipopova "French Open" xalqaro turnirida yarim finalda fransuz sportchisi Solena Avoulettega imkoniyatni boy berib,bronza medalini qoʻlga kiritdi.Oʻsha yili u Jakartadagi (Indoneziya) 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida janubiy koreyalik sportchi Kim Bich-Naga yutqazib,67 kg dan ortiq vazn toifasida jang olib bordi va u bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].

Yana u 2019-yilda Uxanda (Xitoy) oʻtkazilgan Butunjahon harbiy oʻyinlarida 78 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi[4].

2021-yilda Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo qit’asi sportchilari oʻrtasidagi Lisenzion tayekvondo turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi[5].

2021-yil Tokiodagi (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etadi.1/8 finalda u qozogʻistonlik tayekvondochi Jansel Deniz bilan toʻqnashib,9:10 hisobida ustunlikni boy beradi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]