Kontent qismiga oʻtish

Supercell momaqaldirogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Supercell momaqaldirog'idan yoʻnaltirildi)
2023-yil may oyida Texas shtatining Stratford shahrida boʻlgan boʻron.

Supercell – yoki (Supercell boʻronlari) bu katta hajimdagi va muntazam aylanma harakat qilib turadigan momaqaldiroqli bulutlardir. Shu sababli, bu boʻronlar baʼzida aylanadigan momaqaldiroqlar deb ham ataladi. Momaqaldiroq turlari orasida supercell eng kam uchraydi, lekin eng kuchli boʻlishi mumkin. Supercell koʻpincha boshqa momaqaldiroqlardan ajralib turadi va mahalliy ob-havoni 32 kilometr masofagacha oʻzgartirishi mumkin. U odatda 2-4 soat davom etadi.[1]

Supercell boʻronlari uch xil turda uchrashi mumkin: klassik, kam yogʻingarchilik (LP), va yuqori yogʻingarchilik (HP). LP supercell boʻronlari odatda quruq iqlimlarda, masalan, AQShning baland tekisliklarida uchraydi, HP supercell boʻronlari esa koʻpincha nam iqlimlarda uchraydi. Supercell boʻronlari dunyoning istalgan joyida, qulay ob-havo sharoitida sodir boʻlishi mumkin, ammo ular eng koʻp AQShning Tornado Alley deb nomlanuvchi hududida uchraydi. Shuningdek, Yevropaning koʻplab qismlarida, shuningdek Argentina, Urugvay va janubiy Braziliyada ham supercell boʻronlari kuzatiladi.[2]

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Supercell boʻronlari odatda boshqa momaqaldiroqlardan farq qiladi. Ular past bosimli tizimning issiq sektorida, sovuq front bilan birga shimoli-sharqiy yoʻnalishda harakatlanadi. Bu boʻronlar soatlab davom etishi mumkin. Supercell boʻronlari oʻrtacha shamoldan chetga chiqish xususiyatiga ega.[3]Agar ular oʻrtacha shamoldan oʻngga yoki chapga qarab harakatlansa, mos ravishda „oʻngga harakatlanuvchilar“ yoki „chapga harakatlanuvchilar“ deb ataladi. Baʼzan supercell boʻronlari ikki xil aylanishlarga ega boʻlgan ikkita koʻtarilish oqimini rivojlantirishi mumkin, bu esa boʻronni ikkita supercellga ajratadi: biri chapga, biri esa oʻngga harakatlanuvchi boʻlib.[4]

Greeley, Kolorado yaqinidagi kam yomgʻir yogʻdiradigan supercell

Supercell boʻronlari har qanday oʻlchamda boʻlishi mumkin – katta yoki kichik, past yoki baland. Ular odatda katta miqdorda doʻl, kuchli yomgʻir, kuchli shamol oqimlarni keltirib chiqaradi. Supercell boʻronlari mesatsiklon ichida odatda tornado hosil qiladigan kam sonli bulut turlaridan biridir.[5]

Geografik tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Supercell boʻronlari mos ob-havo sharoitida dunyoning istalgan joyida sodir boʻlishi mumkin. Supercell turi sifatida aniqlangan birinchi boʻron 1962-yilda Angliyada yuz bergan. [6]Maʼlumotlarga koʻra supercell boʻronlari eng koʻp AQShning markaziy Buyuk tekisliklari va janubiy Kanadada, janubi-sharqiy AQSh va shimoliy Meksikaga qadar kengayib, shuningdek, sharqiy-markaziy Argentina va unga tutash Urugvay hududlarida, Bangladesh va sharqiy Hindistonning baʼzi qismlarida, Janubiy Afrika va sharqiy Avstraliyada uchraydi. Supercell boʻronlari boshqa koʻplab oʻrta kenglik hududlarida, jumladan, Sharqiy Xitoy va butun Yevropada vaqti-vaqti bilan sodir boʻladi. Supercell boʻronlari eng koʻp boʻladigan hududlar tornado eng koʻp uchraydigan hududlarga toʻgʻri keladi.[7]

  1. Glossary of Meteorology, 2nd, American Meteorological Society, 2000. ISBN 978-1-878220-34-9. 
  2. „ON THE MESOCYCLONE 'DRY INTRUSIONʼ AND TORNADOGENESIS“, Archived at: (Wayback Machine saytida 2013-07-30 sanasida arxivlangan), Leslie R. Lemon
  3. Shenk, W. E. (1974). "Cloud top height variability of strong convective cells". Journal of Applied Meteorology 13 (8): 918–922. doi:10.1175/1520-0450(1974)013<0917:cthvos>2.0.co;2. 
  4. „Louisville, KY“. NOAA. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
  5. Browning, K.A.; F.H. Ludlum (Apr 1962). "Airflow in Convective Storms". Quarterly Journal of the Royal Meteorological Society 88 (376): 117–35. doi:10.1002/qj.49708837602. Archived from the original on 2012-03-07. https://web.archive.org/web/20120307213602/http://www.rmets.org/pdf/qj62browning.pdf. Qaraldi: 2024-07-25. Supercell momaqaldirogʻi]]
  6. „Thunderstorm in Victoria 06 Mar 2010“. Bom.gov.au (2010-yil 6-mart). Qaraldi: 2012-yil 11-mart.
  7. Lemon, Leslie R.; C.A. Doswell (Sep 1979). "Severe Thunderstorm Evolution and Mesocyclone Structure as Related to Tornadogenesis". Mon. Wea. Rev. 107 (9): 1184–97. doi:10.1175/1520-0493(1979)107<1184:STEAMS>2.0.CO;2. 

Tashqi saytlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]