Kontent qismiga oʻtish

Buyuk tekisliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buyuk tekisliklar — togʻ oldi platosi, Shimoliy Amerikaning Sharqiy Kordilyera togʻlariga tutashib ketgan, AQSH va Kanada hududida. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga 29° shahrik. dan 62° shahrik. gacha 3600 km uzunlikka choʻzilgan, kengligi 550–800 km. Geologik jihatdan Shimoliy Amerika (Kanada) platformasining chekka kismi. Kristall jinslar, ohaktosh, qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Balandligi sharqda 500 m dan gʻarbda 1700 m gacha. Janubida karst rivojlangan. Jarliklar Buyuk tekisliklarni alohida qismlarga ajratib yuborgan: Eduarde platosi, LyanoEstakado, Buyuk tekisliklar va Missuri. Buyuk tekisliklar neft, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirga, tabiiy gaz va osh tuziga boy. Iqlimi kontinental, shimolida moʼtadil, janubida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —28°, jan.da 12°, iyulniki shimolida 13°, janubida 28°. Yillik yogʼin 250–600 mm. Daryolari kamsuv, tez oqadi. Yirik daryolari — Missuri, Platt, Arkanzas, Kolorado, Pekos; sugʻorishda keng foydalaniladi. Tuprogʻi kashtan, qoʻngʻir-oʻrmon qora tuproq. Tabiiy oʻsimligi asosan dasht va oʻrmon-dasht oʻsimliklari, janubida alohida savannalar uchraydi. Buyuk tekisliklar da asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugʼoriladigan yerlarda paxta, qand lavlagi, kartoshka kabi ekinlar yetishtiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil