Kontent qismiga oʻtish

Sulton Murod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sulton Murod Oq qoʻyunlilar davlatining uchinchi sultoni

Sulton Murod (1490-yil 31-iyul — 1518) — Oq qoʻyunlilar davlatining Iroq, Fors va Kirmondagi hukmdori. Hukmronligi 1500-1508-yillar.

Sulton Murod Oq qoʻyunlilar davlatining uchinchi sultoni Yoqubning oʻgʻillaridan biri edi. 1490-yilda u Tabrizda dunyoga kelgan. Ammo, u tugʻilishidan koʻp oʻtmay, otasi Yoqub vafot etdi. Shundan soʻng, Murod uzoq vaqt Shirvonda yashirinib yurdi. 1497-yilga kelib, zodagonlar qoʻzgʻolon koʻtarib yosh sulton Ahmadni taxtga oʻtqazishdi. Poytaxtdan tashqarida yurgan Murod vaziyatni toʻgʻri baholab yaxshigina kuch bilan Tabrizga yurish qiladi. Biroq, Ahmadning magʻlubiyatidan keyin Oqquyunli davlati hokimiyati Murodning aka-ukalari Alvond va Sulton Muhammad qoʻlida qoladi.

1498-yilda Sulton Muhammad Alvond Mirzoga qarshi urushda yengildi va Isfahonga chekinishga majbur boʻladi. Bundan Murodning atrofdagilari foydalandilar. 1499-yilda ular Sulton Muhammadga qarshi isyon koʻtarishdi. Natijada, Sulton Muhammad taxtdan agʻdarilib, Alvond Mirzo bilan butun mamlakat hududlarini taqsimlab olish boʻyicha kelishuvga erishiladi. Unga koʻra, Murod Iroqi Arab, Iroqi Ajam, Fors, Kermon va Seyistonga egalik qildi. Lekin, qabila zodagonlari hukmdorning yoshini hisobga olib, hokimiyatni oʻzlari boshqaradigan boʻldilar. 1503-yili Alvond Mirzo ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng, Ismoil Safaviy sulton Murodga qarshi qoʻshin tortdi. Oʻsha yilning 21-iyunida „Olma Gulag“ (Hamadon yaqini)da jang boʻlib, unda Oqquyunli armiyasi tort-mor etiladi. Natijada, Murod Fors va Kermon viloyatlariga boʻlgan daʼvosidan voz kechadi.

Biroq, u poytaxtni Bagʻdodga koʻchirish orqali Iroqi Arab ustidan hukmronlikni saqlab qolishga erishdi. 1508-yilda Safaviylar bilan urush qayta alangaladi. Ammo, Oqquyunlilar takror magʻlubiyat alamani boshidan kechirdi. Sulton Murod Urfa shahridan tashqari barcha hududlarni Ismoil Safaviyga boy berdi. Vaqtida Usmoniylar sultoni Salim I Yovuz bilan tuzilgan sulh uni jonini saqlab qoldi. Sulton Murod 1518-yilda Urfa shahrida vafot etgan. Sulton Murodning ikki oʻgʻli boʻlgan, bular: Yoqub va Hasan.