Sulton Mirhaydar majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulton mirhaydar majmuasi — Kasbidagi meʼmoriy yodgorlik (11 —16-asrlar). Saidlar avlodidan boʻlgan Mirhaydar nomi bilan bogʻliq. Majmua (90x40 m) yopiq va yarim ochiq binolar, 3 hovlidan iborat. Keng sahnli jan. hovlidan qator ustunli masjidga (6-asrda bunyod etilgan) kirib, undan oʻrtadagi hovliga oʻtiladi. Hovlining shim. va sharqiy tomonidan qad. maqbaralar, jan. va gʻarbiy tomonida ayvon (16-asr) joylashgan. Ayvon (11,6x6,6 m) ning gʻarbiy devori yoqalab oʻtgan yoʻl shim. hovliga olib boradi. Hovlida 14—16-asrlarga oid marmar sagʻanalar bor. Maqbaralar 3 xonadan iborat. Xonalar chor qirrali taxmon va ravoqlarga ajratilgan. Devorlaridagi kichik mehrobiy 3 tokcha oraligʻida chiroklar uchun tutun yoʻli ishlangan. Ravoqlarning burchak bagʻallari mayda muqarnaslar bilan bezatilgan. 1maqbara (3,3x3,3 m)da Said amir Shamsiddinbek alhoji Haydar sagʻanasi saqlangan. Sagʻana toʻq kulrang marmardan ishlangan. Unda 897 hijriy (1491 milodiy) yil qayd etilgan. 2maqbara (5x5 m)da shaxsi nomaʼlum 3 ta sagʻana bor. Maqbara gumbazli, burchaklariga 5 qirrali gʻishtin muqarnaslar terilgan. Oʻrtadagi hovlining sharkay tomonida alohida qurilgan Axliboy maqbarasi (4,4x4,4 m) ham 14-asrga oid deb taxminan qilinadi. Masjidnamozgoh (20x9,6 m) jan.dan makbara bostirmasiga tutashgan. Undagi bezaklar 13—19-asrlarga onddir. Masjidning oʻrta qismi keng qator ustunli, bosh tarzi yassi peshtoqli, pastak gumbazli qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Devoridagi tokcha burchaklari ravoqli, qirrali qilib bezatilgan. Masjid oldidagi minora (bal. 8,5 m) eski binolar gʻishtidan qurilgan (19 a. oxiri — 20-asr boshlari), koʻrinishi pastdan yuqoriga qarab ingichkalashib borgan, tepasi mezanali. Pastki kismi bir necha bor taʼmirlangan.