Sulaymon Yudakov
Sulaymon Yudakov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 14-aprel 1916 |
Vafoti | 5-noyabr 1990 |
Fuqaroligi | SSSR |
Sulaymon Aleksandrovich Yudakov (1916.14.4, Qoʻqon — 1990.6.11, Toshkent) — kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1934—41). 1941 yildan Toshkentga qaytib asosan ijod bilan shugʻullangan. 1943—44 yillari Tojikiston filarmoniyasi badiiy rahbari. Uning asarlari oʻzbek (va tojik) xalq kuylari hamda zamonaviy ohang va usullar uygʻunligi, janr jihatidan xilmaxilligi, yorqin va hayotbaxsh kuylari bilan ajralib turadi.
Yu. — opera ("Maysaraning ishi"), balet ("Nasriddinning yoshligi" va "Jonli alanga"), kantatalar ("Mening Vatanim", "Muborakbod", "Alyor" va boshqalar), 6 qismli "Mirzachoʻl" vokalsimfonik syuita, vokal-simfonik poemalar, qoʻshiqlar, romanslar, ("Kuylama sohibjamol", "Basandas" va boshqalar), kamer cholgʻu asarlar (mas, "Sharq poemasi" va boshqalar), dramatik spektakllar, kinofilmlarga musiqa va boshqalar asarlar muallifi. "Maysaraning ishi" birinchi oʻzbek hajviy operasi Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Dushanba, Bishkek, Ufa, Moskva, Lodz (Polsha) teatrlarida sahnalashtirilgan, simfonik asarlari koʻp orkestrlar repertuaridan oʻrin olgan. Qoʻshiqdaridan "Dugonalar", "Davra qoʻshigʻi", "Jon Oʻzbekiston", "Karnaval valsi" va boshqalar ommalashgan. Davlat mukofoti (1951), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1977) laureati.[1]
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Plungyan V., S. Yudakov, T., 1979; Sulaymon Yudakov v vospominaniyax sovremennikov (avtorsostavitel V.Plungyan), T., 2003.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |