Balalayka
![]() | |
Turi |
Xordofon |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Domra |
Balalayka – uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asr boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi[1].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asr oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi Vasily Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq balalaykasini qayta ishlab, katta-kichik turlarini yaratgan. Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.
Balalayka-prima
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Bu boʻlim chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Balalayka-sekunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasily Andreev tomonidan qayta ishlangan balalaykaning bir turi. Kichik oktavadagi lya va birinchi oktavadagi re notalariga sozlanadi. Ovoz hajmi kichik oktavadagi lya notasidan, ikkinchi oktavadagi lya notasigacha boʻladi va nota yozuvida skripka kalitida yoziladi[2][3].
Balalayka-alt
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balalaykaning bir turi boʻlib, notalar yozilishiga koʻra oktava pastda eshitiladi. Sozlanishi kichik oktavadagi mi notasidan ikkinchi oktavadagi re notasigacha boʻladi. Notalar skripka kalitida oktava yuqorida yoziladi. Ijroda paytida koʻproq pastki tovushlari bilan qatnashadi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Balalayka“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ 3,0 3,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]VikiOmborda Balalayka mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |