Sulaymon Haydarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon Haydarov
Tavalludi 1921-yil
Vafoti 1986-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Moskva oziq-ovqat sanoati instituti
Kasbi vinochilik
Faoliyat yillari 19561986
Partiyasi KPSS
Mukofotlari

Sulaymon Haydarovich Haydarov (1921-yil, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR – 1986-yil, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek vinopazi, 10-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Haydarov 1921-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan[1]. Sovet armiyasi safida harbiy xizmatni oʻtagan. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Mixail Xovrenko nomidagi vino zavodi sexi boshligʻi, tuman partiya qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan. 1957-yilda Moskva oziq-ovqat sanoati institutini vinochilik texnologiyasi mutaxassisligi boʻyicha sirtdan tamomlagan. 1956-yilda Mixail Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodiga (1981-yil dekabrdan vinochilik zavodi) direktor etib tayinlangan. Sulaymon Haydarov vafotigacha shu lavozimda ishlaydi[2]. Sulaymon Haydarov 1986-yilda oʻz ish joyida vafot etgan[1][2]. Haydarov rahbarligida Xovrenko zavodida toʻrtta vino stansiyasi qurildi va koʻrgazma zali ochilgan. Haydarov respublikada balzam va konyak ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaxassislarga ustozlik qilgan. „Samarqand“ balzami va shu nomdagi konyak retseptlarini oʻylab topgan. Haydarov direktorligi davrida zavodning „Hosilot“, „Oʻzbekiston“, „Aleatiko“, „Gul Qandoz“ vinolari SSSRda mashhur boʻlgan[3]. „Gul Qandoz“ vinosi turli tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, 1966-yildan 1979-yilgacha bu vinolar Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti shafeligidagi vino tanlovlarida 30 oltin va 16 kumush medalga sazovor boʻlgan, zavod vinolari ayniqsa, RSFSR va Boltiqboʻyi davlatlarida mashhur boʻlgan. Haydarov siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Samarqand viloyatidan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputati[4], Samarqand shahar Kengashi deputati etib saylangan. Samarqand viloyatidagi bir qator jamoat tashkilotlari faoliyatida qatnashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Де народився шод Хайдаров?“ (ukrain tilida). 2023-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Гертруда Кузнецова. Узбекистан. Винная Terra Incognita“ (2023-yil 21-sentyabr). 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  3. „Букет узбекского виноделия“ (rus tilida) (2019-yil 29-avgust). 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  4. „Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР X-го созыва (1980 - 1985)“ (rus tilida). 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.