Kontent qismiga oʻtish

Sulamith Goldhaber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulamith Goldhaber
Tavalludi 4-noyabr 1923-yil
Vena, Avstriya
Vafoti 11-dekabr 1965-yil(1965-12-11)
(42 yoshda)
Madras, Hindiston
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi fizik, kimyogar
Sohasi fizika
Ish joylari Kaliforniya universiteti
Taʼlimi

Wisconsin–Madison universiteti

Quddus yahudiy universiteti
Mukofotlari Guggenheim stipendiyasi (1964)
Turmush oʻrtogʻi Gerson Goldhabe

Sulamith Goldhaber (talaffuzi: Sulamif Goldxaber), qizlik familiyasi Lyov (inglizcha: Sulamith Löw; 1923-yil 4-noyabr, Vena[1] — 1965-yil 11-dekabr, Madras[2]) — avstiyalik olim, yuqori energiya fizikasi va molekulyar spektroskopiya boʻyicha mutaxassis. Goldhaber kaolarning nuklonlar bilan oʻzaro taʼsiri oʻrganish boʻyicha xalqaro mutaxassis boʻlgan. Bu sohada koʻplab kashfiyotlar qilgan[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yil 4-noyabrda Vena shahrida tugʻilgan. Bolaligi oilasi koʻchib borgan Falastinda oʻtgan. Goldhaber Quddus yahudiy universitetida oʻqigan va bu universitetda boʻlajak turmush oʻrtogʻi, fizik Gerson Goldhaber (yadro fizigi Maurice Goldhaberning ukasi) bilan uchrashgan. 1947-yilda universitetning magistraturasini tamomlab, oʻsha yili Gersonga turmushga chiqadi. Goldhaber oilasi Madisondagi Viskonsin universitetida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash uchun AQShga koʻchib oʻtishadi. 1951-yilda ilmiy daraja ega boʻladi[1][4].

Sulamith Goldhaber 1953-yilda AQSh fuqaroligini oladi[5]. Gerson 1953-yilda Kaliforniya universitetida yordamchi professor sifatida ishga qabul qilinganligi sababli Goldhaberlar Berkeleyga koʻchib oʻtishadi. Sulamith oldinfizik kimyo sohasida ishlagan boʻlsa-da, yuqori energiya fizikasi sohasiga oʻtishga muvaffaq boʻladi va eri bilan yadroviy fotografik emulsiyalar ustida hamorlikda ishlaydilar. Goldhaberlar oʻzlarining yadroviy fotoemulsiya usulini yaqinda ishga tushirilgan Bevatron (oʻsha paytda ishlayotgan eng yuqori energiya tezlatgichi)da qoʻllashga harakat qilishgan. Oʻzlarining usullari tufayli kaonlarr va protonlar oʻrtasidagi birinchi maʼlum boʻlgan reaktsiyalarni kuzatishga muvaffaq boʻlishadi. Sulamith Goldhaber Bevatron va ushbu yadroviy fotoemulsiya usilidan foydalangan holda, birinchi marta zaryadlangan sigma giperonlarining massa boʻlinishini, shuningdek antiproton bilan oʻzaro birinchi yadroviy taʼsirlarni kuzatgan[1].

1960-yillarda Goldhaberlar tadqiqotni davom ettirish uchun yadro emulsiyasi oʻrniga pufak kamerasidan foydalanish kerakligini anglab yetishadi. Ular George Trilling bilan „Goldhaber-Trilling Group“ni tuzadilar[1][6]. Sulamith Goldhaber tezda vodorod pufak kameralari fizikasi boʻyicha taniqli mutaxassisga aylanadi. Sulamith koʻplab taklif qilingan leksiya va konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan qatnashgan[1]. Goldhaberlar birinchi boʻlib kaon spinini oʻlchashgan va birinchi marta rezonans holatidagi juftlarning bir vaqtning oʻzida paydo boʻlishini oʻrganishgan. Shuningdek, ular oʻzlarining tadqiqotlarida foydalanish uchun uchburchak diagrammani ixtiro qildilar[1][7].

Sulamith Goldhaber oʻz sohasini puxta bilganligi va notiqlik mahorati tufayli ilmiy anjumanlarda maʼruzachi sifatida koʻpchilikning eʼtiboriga sazovor boʻldi. 1965-yilda Rochester konferensiyasida tarixiy nutq soʻzlagan. 1965-yilning kuzida Goldhaberlar taʼtilga chiqib, dunyo boʻylab sayohat qilishadi, yuqori energiyali fizika laboratoriyalariga tashrif buyurishadi va maʼruzalar qilishadi. Dastlab Sulamith Goldhaber yuqori energiya fizikasi boʻyicha ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Yevropa konferentsiyasida ishtirok etish uchun Oksfordda toʻxtaydi va bu yerda Berkeley universitetidagi Hough-Pauell asbobidan foydalangan holda avtomatik trekni oʻlchash usullarini muhokama qiladi. Keyin Goldhaberlar maʼruza oʻqish uchun Anqaraga borishdi va bir oy davomida Weizmann institutida Sulamith Hindistonning Madras shahrida oʻqishi kerak boʻlgan maʼruzalariga tayyorgarlik koʻradi[1].

Madrasda Sulamith insultga uchraydi. Diagnostik jarrohlik orqali unda oʻsib borayotgan miya shishi borligi aniqlandi. Sulamith 1965-yil 11-dekabrda hushiga kelmasdan vafot etadi[1][8].

Goldhaberlarning Amos ismli bir oʻgʻli boʻlgan[9].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Sigma Ksi“ faxriylar jamiyatining aʼzosi[9]
  • 1964—1965-yillarda Guggenheim stipendiyasi sovrindori[9][10].
  • 1960—1961-yillarda Ford fondi stipendiyasi laureati[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Alvarez, Luis „Sulamith Goldhaber (1923-1965)“. University of California, Los Angeles (1968-yil 1-sentyabr). 2012-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-aprel.
  2. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  3. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  4. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  5. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  6. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  7. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  8. Ogilvie, Marilyn Bailey; Harvey, Joy Dorothy. The Biographical Dictionary of Women in Science: Pioneering Lives from Ancient Times to the Mid-20th Century, First, New York: Taylor & Francis, 2000 — 514 bet. ISBN 0-415-92039-6. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Sulamith Goldhaber“. University of California, Los Angeles. 2012-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-aprel.
  10. „Fellows whose last names begin with G“. John Simon Guggenheim Memorial Foundation. — „Sulamith Goldhaber, Deceased. Particle Physics: 1964.“. 2008-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-aprel.