Kimyogar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kimyogar Gabriel Metsu (taxminan 1651–1667).

Kimyogar[1]kimyoni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim. Kimyogarlar moddaning tarkibi va uning xossalarini, molekulalar va ularning tarkibiy qismlari haqida, atom darajasi haqida izlanishlar o;ib borib ularni fanga tatbiq etadi. Kimyogarlar moddalar nisbatlarini, kimyoviy reaksiya tezligini va boshqa kimyoviy xossalarni diqqat bilan tekshirib o'lchaydilar. Inglizlar hamdo'stlik sifatida, farmatsevtlarni ko'pincha kimyogarlar deb atashadi.

Kimyogarlar o‘z bilimlaridan nomalum moddalarning tarkibi va xossalarini o‘rganish, shuningdek, ko‘p miqdorda foydali tabiiy moddalarni ko‘paytirish va sintez qilish hamda yangi sun’iy moddalar va foydali jarayonlarni yaratish uchun foydalanishadi. Kimyogarlar kimyoning har qanday kichik fanlari bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, Materialshunoslar va metallurglar kimyogarlar bilan bir xil bilim va ko'nikmalarga ega. Kimyogar muhandislarni vazifasi, birinchi navbatda eng yirik, tejamkor kimyo zavodlarini to'g'ri loyihalash, qurish va baholash bilan shug'ullanadilar va sanoat kimyogarlari bilan yangi jarayonlarni ishlab chiqishda, kimyoviy moddalar va tegishli mahsulotlarni tijorat miqyosida ishlab chiqarish usullari haqida birgalikda ishlaydilar[2].

Kimyo tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus kimyogari Dmitriy Mendeleev - elementlarning birinchi zamonaviy davriy sistemasi muallifi.
Antuan Lavuazye (1743-1794) "Zamonaviy kimyoning otasi" hisoblanadi.

Kimyoning ildizlari yonish fenomeni bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Olov bir moddani boshqa moddaga aylantiruvchi sirli kuch bo'lib, insoniyatni birinchi navbatda qiziqtirardi. Bu temir va ko'zoynaklar kashf qilinishiga sabab bo'lgan. Keyinchalik Oltin topilib, qimmatbaho metalga aylandi, so'ng ko'pchilik boshqa moddalarni oltinga aylantirish usulni topishga qiziqa boshladi. Bora-bora bu qiziqish alkimyo deb nomlangan proto-fan yaratilishiga sabab bo'ldi. Kimyogar so'zi lotincha chimista so'zidan olingan bo'lib, alchimista (alchemist) so'zining qisqartmasi hisoblanadi. Alkimyogarlar zamonaviy kimyoning rivojlanishiga olib kelgan ko'plab kimyoviy jarayonlarni kashf qilishgan. Masalan, 1783-yilda Antuan Lavuazye tomonidan massalarning saqlanish qonuni ixtiro qilindi. Dmitriy Mendeleev tomonidan kimyoviy elementlarning kashfiyoti ya'ni davriy sistemani yaratdi. 1901-yilda ta'sis etilgan kimyo bo'yicha Nobel mukofoti, XX-asr boshidan beri kimyoviy kashfiyotlar haqida ajoyib ma'lumotlar berib kelmoqda.

Ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyogarlarni ishga qabul qilish talab qilinganida kamida kimyo bo'yicha bakalavr daraja va tadqiqotchilar uchun magistr yoki falsafa doktori (PhD)ni talab qiladi. Aksariyat bakalavriat dasturlari kimyo bilan bir qatorda matematika va fizika fanlariga bog'liq, qisman kimyo fani "markaziy fan" sifatida ham tanilgan, shuning uchun kimyogarlar fan haqida har tomonlama bilimga ega bo'lishlari kerak. Magistratura va undan yuqori darajalarda talabalar ma'lum bir sohaga ixtisoslashgan. Mutaxassislik sohalariga biokimyo, yadro kimyosi, organik kimyo, noorganik kimyo, polimerlar kimyosi, analitik kimyo, fizik kimyo, nazariy kimyo, kvant kimyosi, atrof-muhit kimyosi va termokimyo kiradi. Muayyan lavozimlar uchun doktorlikdan keyingi tajriba talab qilinishi mumkin[3].

Ishlari kimyo bilan bog'liq bo'lgan, lekin kimyo darajasiga ega bo'lgan ma'lumotni talab qilmaydigan murakkablikdagi ishchilar odatda kimyoviy texniklar deb ataladi. Bunday texniklar oddiy xodim hisoblanib, klinik laboratoriyalarda muntazam tahlil o'tkazish uchun dotsent darajasiga ega bo'lishi kerak. Kimyoviy texnolog kimyo bo'yicha texnikga qaraganda ko'proq bilimga va tajribaga ega. Kimyoviy texnolog bo'lish uchun o'ziga xos darajalar ham mavjud, ularga talaba professional kimyogar bo'lishga qiziqganda talab qilinadigan darajalardan biroz farq qiladi. Kimyoviy texnolog kimyoviy tahlillarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va asboblarni boshqarish va ishlatish bilan kimyoviy texnikga qaraganda ko'proq ma'lumot bilishi kerak. Ular xomashyo, oraliq mahsulot va tayyor mahsulot sifati tahlil qiladigan kimyoviy laboratoriyalarda ishlashi mumkin. Ular, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish va kimyo zavodlarda ishlab chiqarish sohalarida ishlaydilar.

Bandligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyogarlarning uchta asosiy ish beruvchisi bo'lib bularga — akademik institutlar, sanoat, ayniqsa kimyo sanoati, farmatsevtika sanoati va davlat laboratoriyalari kiradi.

Kimyo odatda bir nechta asosiy kichik fanlarga bo'linadi. Bundan tashqari, kimyoning bir nechta asosiy ixtisoslashgan sohalari mavjud. Kimyoning turli sohalarda, biologiya, tibbiyot, fizika, radiologiya kabi boshqa ilmiy sohalar va bir nechta muhandislik fanlari bilan bog'liq.

Kimyoning yuqoridagi barcha asosiy sohalarida kimyogarlar ishlaydi. Kimyoviy darajalari foydali bo'lgan boshqa sohalarga astrokimyo, atmosfera kimyosi, kimyo muhandisligi, kimyo-informatika, elektrokimyo, sud ekspertizasi, geokimyo, kimyo tarixi, materialshunoslik, tibbiyot fanlari, molekulyar biologiya, molekulyar genetika, nanotexnologiya, yadro kimyosi, oenologiya, metallorganik kimyo, neft-kimyosi, farmakologiya, fotokimyo, fitokimyo, polimerlar kimyosi, supramolekulyar kimyo va sirt kimyosi kitradi.

Professional jamiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyogarlar — Buyuk Britaniyadagi Qirollik Kimyo Jamiyati va Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Amerika Kimyo Jamiyati (ACS) kabi kimyo sohasidagi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun maxsus kasbiy jamiyatga asos solgan.

Faxr va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1901-yildan boshlab kimyogarlarga beriladigan eng yuqori mukofot Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi tomonidan beriladigan kimyo bo'yicha Nobel mukofoti hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „the definition of chemist“. www.dictionary.com.
  2. Hogeveen, H.; Lukas, J.; Roobeek, C. F. (1969). "Trapping of the methyl cation by carbon monoxide; formation of acetic acid from methane" (en). Journal of the Chemical Society D: Chemical Communications (16): 920. doi:10.1039/c29690000920. ISSN 0577-6171. 
  3. McEwan, Murray J.; Denison, Arthur B.; Huntress, Wesley T.; Anicich, Vincent G.; Snodgrass, J.; Bowers, M. T. (1989). "Association reactions at low pressure. 2. The methylium/methyl cyanide system". The Journal of Physical Chemistry (American Chemical Society (ACS)) 93 (10): 4064–4068. doi:10.1021/j100347a039. ISSN 0022-3654.