Stefani Frappart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Stefani Frappart (1983-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransuz futbol hakami . U 2009-yildan beri FIFA xalqaro hakamlar ro‘yxatida[1] bo‘lib, bir qancha nufuzli o‘yinlarga hakamlik qilgan. U 2019-yilda asosiy erkaklar o‘rtasida o'tkazilgan Yevropa va Fransiya Liga 1 o‘yininida hakamlik qilgan va 2020-yilda o'tkazilgan UEFA Chempionlar Ligasi uchrashuvini boshqargan birinchi ayol bo‘lgan[2] 2021- yilda Frappart erkaklar o'rtasida o'tkazilgan Jahon Chempionati saralash o'yining nazoratini o'z zimmasiga olgan birinchi ayol edi.[3] 2022-yilda u erkaklar o‘rtasida o'tkazilgan Jahon Chempionatida hakamlik vazifasini o'tash uchun tanlangan uchta ayol hakamlardan biri edi[4], bundan oldin u barcha ayol hakamlardan iborat jamoa ichida erkaklar o‘rtasida bo'lib o'tgan Jahon Chempionatiga hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[5][6]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frappart Herblay-sur-Seine shahrida voyaga yetgan va 13 yoshida yoshlar o'rtasida o'tkazilgan o'yinlarda hakamlik qila boshlagan[7] 19 ta milliy o'yinga hakamlik qilganida u 18 yoshda edi .[7] 2011-yilda Frappart Fransiyadagi erkaklar futbolining uchinchi divizioni, Championnat National musobaqasida o'yinlarni boshqara boshladi.[8] 2014-yilda Frappart Fransiyadagi professional erkaklar futbolining ikkinchi darajasi bo'lgan Liga 2da hakamlik qilgan birinchi ayol bo'ldi.[8] U 2015 yilda Kanadada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida hakam sifatida ishlagan.[9][10]

2018-yil 3-dekabr kuni,Frappart 2019-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga hakamlik qilish uchun tayinlandi.[11] 16-tur yakunlanganidan keyin, Frappart turnirning qolgan qismida saqlanib qoladigan 11 nafar rasmiylardan biri sifatida tanlangani e'lon qilindi.[12] Frappart 2019-yil 7-iyul kuni AQSh va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan turnirning finaliga hakam etib tayinlanadi.[13]

Uning 2019-yil aprel oyida Liga 1da[14] birinchi ayol hakam boʻlishi eʼlon qilindi va birinchi o'yinni boshqarishi SC Amiens va RC Strasbourg oʻrtasidagi 2019-yil 28-apreldagi o'yinida boʻldi.[15] Frappart UEFA Superkubogi-2019 "Liverpul " va " Chelsi" o'rtasidagi 2019-yil 2-avgustda bo'lib o'tgan o'yinni boshqarib boradigan hakam etib tayinlandi.[16][17] Shundan keyin u Yevropada o'tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi yirik o‘yinda hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[18]Frappart Irlandiya Premer-divizioni ligasi g‘oliblari va NIFL Premer-ligasi o‘rtasidagi ilk Chempionlar Kubogi musobaqasining 2019-yil 11-noyabrda bo'lib o'tgan javob uchrashuvini boshqardi.[19] O'yinda Irlandiya Respublikasi chempioni " Dundalk" 6:0 hisobda Shimoliy Irlandiya chempioni "Linfild" ni mag'lub etdi,o'yinda Frappart ikkita sariq kartochka ko'rsatgan.[20]

2020-yilning 2-dekabrida “Yuventus”“Dinamo Kiev” o'rtasida bo'lib o'tgan o'yindagi UEFA Chempionlar Ligasida birinchi ayol hakam bo‘ldi.[21] 2021-yil mart oyida UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasidagi “Atletiko Madrid ” va “Chelsi” o‘rtasidagi javob o‘yini Frapport tomonidan boshqarilgan.[22] O'sha oyning oxirida u Gollandiya va Latviya o'rtasidagi o'yinda FIFA Jahon chempionati saralash bosqichini birinchilardan bo'lib boshqargan ayol bo'ldi.[23]

U 2022-yil 7-mayda o'tkazilgan Nitstsa va Nant o‘rtasidagi 2022-yilgi Fransiya kubogi finalida hakam vazifasini bajargan..[24]

U 2022-yil 19-mayda hakamlik qilish uchun 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida tanlangan.[25] U 2022-yil 1-dekabr kuni bo'lib o'tgan Kosta-Rika va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib, erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘yiniga hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[26]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. FIFA.com. „Football Development - Refereeing - Mission and Goals“ (en). FIFA.com. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  2. „Frappart prva sutkinja u povijesti Lige prvaka“. sport.hrt.hr. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  3. „Frappart becomes first woman EVER to referee World Cup qualifier“. MSN.
  4. MacInnes. „Female referees to officiate at men's World Cup for the first time“ (en). The Guardian (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  5. „Referee Frappart makes history as first woman to referee men's World Cup game“. www.fifa.com (2022-yil 1-dekabr).
  6. Issy Ronald. „Stéphanie Frappart to make history as the first woman to referee a men’s World Cup match“. CNN (2022-yil 1-dekabr).
  7. 7,0 7,1 Whitehead. „Stephanie Frappart on refereeing at the World Cup: ‘You’re there because you deserve it’“ (en). The Athletic (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  8. 8,0 8,1 „Stéphanie Frappart, première femme arbitre centrale de Ligue 2“ (fr). L'Express (France) (2014-yil 22-may). Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.
  9. „22 referees, 7 support referees and 44 assistant referees appointed for FIFA Women's World Cup 2015™“. FIFA.com (2015-yil 30-mart). 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Referees and Assistant Referees for the FIFA Women's World Cup Canada 2015™“. FIFA.com. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  11. FIFA.com. „FIFA Women's World Cup France 2019™ - News - Match officials appointed for FIFA Women's World Cup France 2019™ - FIFA.com“ (en-GB). www.fifa.com. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  12. „Refereeing - Media briefing“. FIFA.com. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  13. FIFA.com. „FIFA Women's World Cup 2019™ - News - Frappart: Final role a huge source of pride - FIFA.com“ (en-GB). www.fifa.com. Qaraldi: 2019-yil 8-iyul.
  14. „Stephanie Frappart first woman to referee Ligue 1 match“. BBC Sport (2019-yil 24-aprel).
  15. „Ligue of her own: Female ref makes historic debut“ (en). ESPN.com (2019-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  16. „Stéphanie Frappart to break new ground by refereeing Liverpool v Chelsea in Super Cup“. The Guardian (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  17. „Stephanie Frappart: Female referee to take charge of Uefa Super Cup“. BBC Sport (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  18. „Stephanie Frappart 'not afraid' of Super Cup between Chelsea and Liverpool“. BBC Sport (2019-yil 14-avgust). Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  19. O'Hehir. „Women's World Cup final referee Stephanie Frappart set to officiate Dundalk v Linfield decider“. Irish Mirror (2019-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-oktyabr.
  20. „Dundalk vs. Linfield - 11 November 2019 - Soccerway“ (2019-yil 11-noyabr).
  21. Sriram. „Stephanie Frappart to become first woman to referee a men's Champions League game“. The Independent (2020-yil 1-dekabr). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  22. „Matches - 04 March 2021 - UEFA“. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  23. „Netherlands 2–0 Latvia“. BBC Sport (2021-yil 27-mart).
  24. „OGC Nice 0–1 FC Nantes“ (fr). Fédération Française de Football (2022-yil 7-may).
  25. „FIFA makes history, picks first women referees for men's World Cup“.
  26. Nouvian. „Referee Stéphanie Frappart Leads First All-Woman Team at World Cup“. The New York Times (2022-yil 1-dekabr).
  27. „IFFHS AWARDS 2019 – THE WORLD'S BEST WOMAN REFEREE : STEPHANIE FRAPPART (FRANCE)“. IFFHS (2019-yil 25-noyabr). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  28. „THE WORLD'S BEST WOMAN REFEREE 2020 - STEPHANIE FRAPPART (FRANCE)“. IFFHS (2020-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
  29. „IFFHS WOMEN'S WORLD BEST REFEREE 2021 - STEPHANIE FRAPPART“. www.iffhs.com (2021-yil 4-dekabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • WorldFootball.net saytidagi profil