Sport oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sport oʻyinlari — musobaqalar turlari; uning asosida nishon (raqib darvozasi, maydonchasi va qk)ni sport anjomi (odatda, toʻp) bilan turli texnik va taktik usullar va vositalar yordamida egallash yotadi, belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi va maxsus koʻnikmalarni talab qiladi. S.oʻ.da tabiiy harakatlar va jismoniy mashklar (yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.) kompleksi qoʻllaniladi. S.oʻ.ning 3 asosiy turi bor: jamoaviy S.oʻ. (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, xokkey, regbi, suv polosoʻ va boshqalar), shaxsiy Su. (shashka, shaxmat va boshqalar) va shaxsiy hamda juftlik Su. (tennis, badminton). Katta jismoniy kuchni talab qiladigan S.oʻ., odatda, faqat erkaklar oʻrtasida utkazishga moʻljallanadi.