Sogʻinib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Sogʻinib“
Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshigʻi
„Sogʻinib“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2012
Janr pop
Davomiyligi 3:27
Klipi
„Sogʻinib“ YouTubeda

Sogʻinib“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. 2012-yil eʼlon qilingan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Skuchayu“ (ruscha: Скучаю) nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan[1]. „Sogʻinib“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. 2013-yil xonanda „Sogʻinib“ nomli konsert dasturini taqdim etgan. Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor[2].

Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil armanistonlik xonanda Grigoriy Yesayan qoʻshiqni „Vonc em qez sirum“ (armancha: Ոնց եմ քեզ սիրում) nomi bilan arman tilida kuylagan[3]. Yesayan qoʻshiqni kaver qilish uchun Rahmatullayevdan rasman ruxsat olmagan[4].

Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2013-yilning iyunida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning oktyabrida qadar 27 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 16 million martadan oshiq koʻrilgan. Rahmatyullayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali klip gʻoyasini qirgʻiz xonanda oʻgʻirlagani haqida yozgan, ammo aynan qaysi xonanda ekanligini ochiqlamagan[5].

„The cover up kids“[izoh 1] koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Sogʻinib“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Yunusov Behruz ijro etgan[6].

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Koʻrsatuv ijodkorlari „cover-up“ soʻzi ingliz tilida 1) biror narsani, ayniqsa nojoʻya ish yoki xatoni yashirish urinishini yoki 2) suvdan chiqqanda choʻmilish kiyimi ustidan tashlab olinadigan ust-boshni anglatishidan bexabar boʻlgani uchun koʻrsatuvni shunday nomlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sogʻinib“. Rizanova. Qaraldi: 39-oktyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 12-okyabr 2022-yil.
  3. „Vonc em qez sirum“. Spotify. Qaraldi: 1-oktabr 2022-yil.
  4. „Арманистонлик хонанда Улуғбек Раҳматуллаевнинг қўшиғини кўчиргани маълум қилинди“. Daryo (3-mart 2015-yil). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  5. „Қирғиз хонандалари Улуғбек Раҳматуллаевнинг клипидан ғоя ўғирлашди“. Kun (7-iyun 2015-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  6. YouTube logotipi Cover-up kids koʻrsatuvining 3-soni Ulugʻbek Rahmatullayev ishtirokida YouTubeda Qaraldi: 9-oktyabr 2022-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]