Soʻndirgich (oʻtochar qurol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gemtech tomonidan ishlab chiqarilgan soʻndirgichlar jomadonda
Soʻndirgichli oʻtochar qurollar

Yuqoridan pastga:
Soʻndirgichning oʻrtadan ikkiga boʻlingandagi ichki koʻrinishi.

Soʻndirgichoʻtochar quroldan oʻq uzilganda undan chiqadigan chaqnash va tovushni soʻndiruvchi, qurol tumshugʻiga oʻrnatiladigan mexanik moslama. Boshqa tumshuq moslamalari singari, soʻndirgich qurol tumshugʻiga taqiladigan aksessuar yoki nilning (stvol) ajralmas boʻlagi boʻlishi mumkin.

Oddiy soʻndirgich oʻqning normal chiqishiga imkon beradigan ichi boʻsh silindrik metalldir (odatda zanglamas poʻlat yoki titan). Soʻndirgichning ichida koʻp tovush toʻsiqlari mavjud boʻlib, ushbu toʻsiqlar quroldan oʻq uzliganda undan chiqadigan porox gazlarini yoyib yuboradi. Yaʼni, porox gazlari soʻndirgichning ichidagi qator boʻlib joylashgan tovush toʻsiqlaridan oʻtish orqali yoyilgan va sovigan holda tezligini yoʻqotadi. Tezligining juda katta qismini yoʻqotib, gazlar tashqariga chiqadi[1].

Soʻndirgichlar tumshuq tormozi kabi tisarilishni ham kamaytirishi mumkin. Biroq tumshuq tormozi oʻq uzilgandagi gazlarni yon tomonga yoʻnaltirsa, soʻndirgich old tomonga haydab chiqaradi. Soʻndirgichning ogʻirligi qurolning tumshugʻini koʻtarishda xalaqit ham beradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk soʻndirgichlar Birinchi jahon urushidan oldin paydo boʻlgan. 1892-yilda shveysariyalik ixtirochi Jakob Stahel qoramollarni oʻldirish uchun moʻljallangan soʻndirgichni patentlagan boʻlsa[2], 1894-yilda boshqa shveysariyalik ixtirochi C. A. Aeppli tomonidan oʻqotar qurollar uchun ishlatiladigan yana bir soʻndirgich patentlanadi[3].

Soʻndirgichlarning turli xil tuzilishlari

Amerikalik ixtirochi Hiram Percy Maximʼni soʻndirgich ixtirochisi hamda uni birinchi boʻlib 1902-yillarda tijoriy sotgan odam deya eʼtirof etishadi. U shuningdek, America Radio Relay League asoschilaridan biri va qurol ixtirochisi Hiram Stevens Maximʼning oʻgʻlidir. U 1909-yil 30-martda patent oladi[4][5][6]. Maxim oʻz qurilmasiga mashhur „Maxim Silencer“ savdo belgisini beradi va shu nom ostida turli jurnallarda reklama qilgan.

Qoʻshma Shtatlarning sobiq prezidenti Theodore Roosevelt Maxim soʻndirgichlaridan sotib olgani va ishlatgani maʼlum[7].

XX asr oʻrtalariga qadar soʻndirgichlardan kam foydalanishgan. Bunga sabablarning biri qurollarning koʻp qismi katta kalibrli boʻlganligi uchun oʻq tovushi yaxshi soʻndirilmaganligidandir. Biroq baribir soʻndirgichli qurollar ham boʻlgan:

  • 1929-yilda SSSRda qurolli kuchlarga Nagan M1895 revolverlari va Mosin beshotar miltiqlari uchun BraMit soʻndirgichi qabul qilinadi.
  • 1940-yillar boshlarida Buyuk Britaniyada soʻndirgich bilan biriktirilgan oʻtochar qurol namunalari ishlab chiqarilib, qurolli kuchlarga qabul qilindi: „Welrod“ toʻpponchasi, De Lisle karabini, STEN Mk.IIS va STEN Mk.VIS toʻpponcha-pulemyotlari.
  • 1942-yili AQShda „High Standard HDM“ shovqinsiz toʻpponchasi, 1944-yilda esa soʻndirgich bilan biriktirilgan U.S. 9 mm S.M.G. toʻpponcha-pulemyoti qurolli kuchlarga qabul qilinadi

Soʻndirgichlarni asosan yengil oʻq otar qurollar uchun ishlab chiqarishadi (toʻpponcha, miltiq, avtomat, pulemyot. Bundan tashqari, artilleriya qurollari uchun oʻziga xos soʻndirgichlar ham mavjud boʻlib, ularni asosan harbiy oʻquv-mashgʻulotlari va tajribalar doirasida qoʻllashadi.

Soʻndirgichlar havaskor sportchilar va ovchilar tomonidan keng qoʻllanib kelinmoqda[8].

Tartibga solinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻndirgichlarni huquqiy tartibga solish dunyo boʻylab xilma-xildir. Finlyandiya, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi baʻzi mamlakatlarda soʻndirgichlarning ayrim yoki barcha turlari umuman tartibga solinmaydi va chakana savdo doʻkonlari yoki pochtada eltish orqali sotiladi[9]. Boshqa mamlakatlarda esa ularga egalik qilish yoki foydalanish ancha cheklangan.

  Qonunchilik soʻndirgichlarni tartibga solmaydi
  Oʻtochar qurolga egalik qiluvchilar uchun soʻndirgichlar qonuniydir (ov qilish, sport, oʻzini himoya qilish yoki tushuntirilmagan sabablar bilan)
  Faqat maxsus ruxsatnomasi borlar uchun soʻndirgichlarga egalik qilish qonuniydir
  Soʻndirgichlarga egalik qilish man qilinadi
  Maʼlumot yoʻq yoki oydin emas

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Firearms - Gun Control Act Definition - Silencer“. atf.gov. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.
  2. „Jakob stahel“.
  3. Andoza:Cite patent
  4. „US Patent 958935A - Silent Firearm“.
  5. USAR, William S. Brophy. Marlin Firearms: A History of the Guns and the Company That Made Them. Stackpole Books, 1 May 1989 — 653 bet. ISBN 978-0-8117-4694-6. „During the early 1900s, Hiram Percy Maxim designed and patented gun silencers. His efforts were directed toward both military and sporting arms and resulted in his forming the Maxim Silencer Company, Hartford, Conn.“ 
  6. Boorman, Dean K.. The History of Winchester Firearms. Globe Pequot Press, 2001 — 74 bet. ISBN 978-1-58574-307-0. [sayt ishlamaydi]
  7. Demyan Belyakov Шёпот смерти (Wayback Machine saytida 2021-05-12 sanasida arxivlangan) // Популярная механика. — 2017. — № 6. — С. 66 — 71.
  8. Dockery, Kevin. Stalkers and Shooters: A History of Snipers. New York: Penguin Group US, 2007 — 218–235 bet. ISBN 978-1-4406-2890-0. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qurol soʻndirgichi qanday ishlaydi? HowStuffWorks