Beshotar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Beshotar — oʻqdoni (magazini)ga beshta oʻq joylashtiriladigan miltiq. 1891 yilda rus qurolsozi S. I. Mosin ixtiro qilgan. 19-asr oxirida dunyodagi barcha davlatlarning qoʻshinlari oʻqdonli miltiqlar bilan qayta qurollantirilgan. SI. Mosin B.ga 3 marta oʻzgartirish kiritib, 1930 yilda uni kalibri 7,62 mm li B. deb atagan. Nishonga olish uzokligi 2000 m. B.da koʻrsatilgan eng yaxshi natija 400 m gacha, optik moslama oʻrnatilgandan keyingi natijasi 800 m gacha. Oʻq stvol ichidagi burama oʻyiqlardan 3 marta aylanib oʻtgan. B.da minutiga 10—12 ta oʻq otish mumkin boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin pistoletpulemyotlar, karabinlar yaratilgandan soʻng (qarang Avtomat qurol) B. oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil