Avtomat (qurol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
PK Kalashnikov Pulemyoti

Avtomat qurol — oʻq otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil boʻlgan porox gazining quvvati bilan oʻz-oʻzidan oʻqlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka olish imkonini beradi. Avtomat qurol 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan.

Quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • Avtomat pistoletlar — yaqin masofa (50 m)ga oʻq otadigan qurollar;
  • Pistolet-pulemyotlar — 300 m gacha masofadagi noshonga zarba beruvchi qurollar;
  • Oʻzi oʻqlanuvchi va oʻzi otiluchi avtomat miltiqlar — 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun moʻljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25-30 ta oʻq otish mumkin;
  • Qoʻl pulemyotlari — 800 m masofadagi nishonga otishga muljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin;
  • Stanokli pulemyotlar — 1000 m va undan uzoq, (2-2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻq otadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samalyotlariga zarba bera oladi;
  • Yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7-15 mm) — tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan qurol;
  • Avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) — asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol.

Shuningdek qarang[tahrir]