Simpsons Roasting on an Open Fire

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
„Simpsons Roasting on an Open Fire“
Simpsonlar multseriali epizodi
Simpsons Roasting.png
Butun oila „Rudolph the Red Nosed Reindeer“ („Rudolph — qizil burunli shimol bugʻusi“) ashulasini kuylamoqda
Fasl 1
Epizod no. 1
Rejissor David Silverman[1]
Ssenariynavis Mimi Pond[1]
Epizod kodi 7G08
Efirga chiqqan sanasi

17-dekabr, 1989-yil(1989-12-17)

[2]
← Avvalgisi
Keyingisi →
„Bart the Genius“
Fasllar

„Simpsons Roasting on an Open Fire“ (tarjimasi „Simpsonlar oʻt ustida pishirilmoqda“), boshqa nomi „The Simpsons Christmas Special“[1][3] — Simpsonlar nomli Amerika animatsion teleseriali birinchi faslining ilk epizodi. Ilk marotaba AQShda Fox Broadcasting Company telekanali orqali 17-dekabr 1989-yilda efirga uzatilgan.

Sujet[tahrir]

Simpsonlar oilasi Mavlud uchun xaridlar chogʻida, Bart yashirincha chiqib, badaniga tatuirovka chizdiradi. Marge buni qisqa fursat ichida bilib oladi va tatuirovkani olib tashlash uchun oilaning Mavlud uchun yigʻilgan mablagʻidan foydalanadi. Shu bilan birga, Homer ishida janob Burnsdan Mavlud uchun qoʻshimcha maosh olmasligini biladi, shunday qilib oilada Mavlud sovgʻalarini xarid qilish uchun pul yoʻq edi. U bu kabi moliyaviy muammolarni oilasidan sir tutishgaga qaror qiladi hamda supermarketga Qorbobo oʻlaroq ishga joylahadi, biroq keyinchalik bu ish ortidan yetarli pul jamgʻara olmasligini anglaydi. Chorasiz qolgan Bart va Homer pul topish ilinjida Mavlud arafasida itlar poygasiga tashrif buyurishadi. Homer hamma pulini gʻalaba qozonishi dargumon boʻlgan Santaʼs Little Helper (Santaning kichik yordamchisi) ismli itga tikadi va barcha pulini yutqazib qoʻyadi. Santaʼs Little Helperning egasi esa jahl bilan itni haydab yuboradi va natijada Bart unga egalik qiladi. Keyinchalik, Homer hammaga Mavlud bayrami barbod boʻlganligini aytmoqchi boʻlar ekan, Bart ularning yangi iti borligini aytadi va hamma Simpsonlar oilasining yangi aʼzosini mamnuniyat bilan kutib olishadi.

Ovoz berganlar[tahrir]

Reyting[tahrir]

Fox Broadcasting Company telekanalida Simpsons Roasting on an Open Fire epizodi premyerasi 17-dekabr 1989-yil sanasida boʻlib oʻtdi. Ushbu epizodni 14,5 reyting bilan 26,7 million kishi tomosha qildi va bu FOX telekanalida eng koʻp koʻrilgan ikkinchi telekoʻrsatuv boʻldi.[4]

Epizod 1990-yilda Emmy mukofotining ikkita yoʻnalishida nomzod boʻlgan: „Outstanding Animated Program“ („Eng yaxshi animatsion dastur“) hamda „Outstanding Editing for a Miniseries or Special“ („Mini-seriallar uchun eng yaxshi montaj“).[5]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Simpsons Roasting on an Open Fire“. BBC.co.uk. 11-Noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-Mart 2007-yil.
  2. „Simpsons Roasting on an Open Fire“. The Simpsons.com. 5-Iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-Fevral 2007-yil.
  3. Bates, James W.: Simpsons World The Ultimate Episode Guide: Seasons 1–20, 1st, Harper Collins Publishers, 2010. — s. 25. ISBN 978-0-00-738815-8. 
  4. Matthew Henry (4 2007), The Journal of Popular Culture, ed., ‘‘Don’t Ask me, I’m Just a Girl’’: Feminism, Female Identity, and The Simpsons (journal), 40, p. 272—303, doi:10.1111/j.1540-5931.2007.00379.x 
  5. Emmy Awards official site Arxivlandi February 15, 2009, Wayback Machine saytida. emmys.org. 2-mart 2007-yilda qaraldi.

Havolalar[tahrir]