Portal:Simpsonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
 Semi-Transparent.png
Simpsonlar logosi
About this image
Semi-Transparent.png
 
  

Simpsonlar

D'oh!.svg

Simpsonlar (inglizcha: The Simpsons) Fox Broadcasting Company uchun Matt Groening tomonidan yaratilgan komediya janridagi Amerika animatsion televizion serialidir. Serial amerikalik oʻrta sinf oilani Simpsonlar oilasi misolida satirik tasvirlaydi. Simpsonlar oilasi Homer, Marge, Bart, Lisa va Maggiedan iborat. Voqealar Springfield nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi. Serial AQSh madaniyati, jamiyati, televideniyasi va boshqa ijtimoiy sohalarini parodiya qiladi.

Serialdan avval Groening tomonidan ishlab chiqarilgan bir nechta animatsion qisqa hajmli filmlar chiqarildi; bu qisqa hajmli filmlarning birinchisi boʻlgan „Good Night“ epizodi 1987-yil 19-aprelda The Tracey Ullman Show teleshousida namoyish etildi. Multserialning epizodlari esa 1989-yil 17-dekabrdan boshlab Fox telekanalida efirga uzatilgan. Multserial hozirga kelib, 100 dan oshiq mamlakatda namoyish etilgan. Time jurnali 1998-yilda Simpsonlar multserialini 20-asrning eng yaxshi teleseriali deb topdi. 2007-yil 27-iyulda AQShda Simpsonlar filmi nomli toʻliq hajmli multfilmning premyerasi boʻlib oʻtdi.