Bart Simpson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bart Simpson
Simpsonlar obrazi

Qoʻllarini choʻntagiga tiqib olgan Bart
Ilk bora koʻringan "Good Night" (1987)
Muallif(lar) Matt Groening
Ovoz bergan(lar) Nancy Cartwright
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi Bartholomew JoJo Simpson[1]
Jinsi Erkak
Tabaqasi Springfield Elementary Schoolning 4-sinf oʻquvchisi
Oilasi

Bartholomew JoJo Simpson — Simpsonlar nomli Amerika animatsion televizion serialidagi toʻqima qahramon hamda The Simpsons oilasining aʼzosi. Unga Nancy Cartwright ovoz bergan va ilk marotaba 1987-yil 19-aprelda The Tracey Ullman Showda namoyish etilgan „Good Night“ qisqa hajmli filmida koʻrinish bergan. Karikaturist Matt Groening Bart personajini James L. Brooks ofisi yoʻlagida yaratgan va uni dizaynlashtirgan. Groeningdan uning „Life in Hell“ komiksiga asoslangan bir qator qisqa hajmli filmlarni taqdim etishni soʻrashdi, ammo u buning oʻrniga yangi qahramonlar toʻplamini yaratishga qaror qildi. Qolgan qahramonlar Groening oila aʼzolari sharafiga nomlangan boʻlsa-da, Bart ismi bratʼ" soʻzining anagramidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Top 10 facts about the Simpsons“. Daily Express (19-aprel 2017-yil). Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.