Simit turk noni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simit Turk noni
Turi Kunjutli non
Milliy oshxona Turk oshxonasi
Asl nomi Devrek (Bosniya-Gersegovina, Serbiya), kulouri (Gretsiya), kovrig (Ruminiya), pirzola (Bolgariya), turk simiti (Turkiya)
Kelib chiqishi Usmonlilar imperiyasi
Asosiy komponentlari Xamir (un,suv, xamirturush, tuz) oʻsimlik yog'i, shakar, kunjut

Simit — Izmirda kunjut bilan qoplangan yumaloq shakldagi nonga berilgan umumiy nomdir. U Yaqin Sharq va Bolqonda, jumladan Turkiyada keng isteʼmol qilinadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimda Istanbulga kelayotgan yoki Istanbuldan sharqqa ketayotgan karvonlarning turar joyi sifatida tanilgan Izmitda yoʻlovchilar uchun tayyorlangan simitni fastfudning birinchi namunalaridan biri sifatida koʻrish mumkin. Bu aylana shaklidagi taomning nomi simit bo‘lib qolgan, chunki karvonlarda yurgan odamlar yo‘lda uchragan odamlarga simitlarni „Simiti“dan sotib olganliklarini aytishgan.

Odatda yolgʻiz isteʼmol qilinadigan simitni nonushtada pishloq, choy yoki murabbo bilan isteʼmol qilish mumkin. Bugungi kunda simitni zamonaviy novvoyxonalar va non sotadigan doʻkonlarda, shuningdek, ko‘cha-ko‘yda savdogarlar aravachada tayyorlab sotishlari mumkin.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smit — Saljuqiylar oshxonasida yengil taom sifatida isteʼmol qilingan. Simit tilga olingan eng qadimiy arxiv manbalarida simit Istanbulda 1525-yildan beri isteʼmol qilingani yoziladi. 17-asr sayohatchisi Evliya Chalabiy 1630-yillarda Istanbulda simit sotadigan 70 ta korxona borligini yozgan. Simit yaratuvchilarni Jan Brindesining 19-asr boshlariga oid Istanbuldagi kundalik hayot tasvirlangan rasmlarida koʻrish mumkin. Tarixda simit va uning turlari butun Usmonlilar imperiyasida mashhur taomga aylangan.

Kerakli mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. un — 300 gramm;

2. xamirturush — 15 gramm;

3. shakar — 1 osh qoshiq;

4. o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;

5. tuz — 2 gramm;

6. asal — 1 osh qoshiq;

7. suv — xamir uchun 130 ml​, sirop uchun 200 ml.

Tayyorlanish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Xamirturush, shakar, tuz, iliq suv va unni aralashtirib, xamir tayyorlanadi.

2. Xamirni dumaloq shaklga keltirib, usti yog‘lanadi.

3. Xamirni yog‘ ichiga singdirib, elastik bo‘lgunicha mushtlanadi.

4. Ustini sochiq bilan yopib, 30-40 daqiqa tindiring.

5. So‘ngra xamirni olib, to‘rt bo‘lakka bo‘linadi (kichikroq qilishni istasangiz, 6 bo‘lakka bo‘lishingiz mumkin) va yana 20 daqiqa kutiladi.

6. Xamirni uzunchoq qilib o‘rama shaklga keltirib, ikki tomonini birlashtiriladi.

7. Sirop uchun iliq suvga asal aralashtiriladi va nonni aralashmaga botiriladi.

8. Simitning ikki tomonini ham kunjut bilan qoplanadi.

9. Gaz listiga pishiriq uchun mo‘ljallangan qog‘oz solinadi va simitlar terib chiqiladi. 180 darajali qizigan duxovkaga 30-35 daqiqaga qo‘yiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]