Xamirturush
Qiyofa
Xamirturush – xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan xamirturush qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan xamirturush uchun bir zuvala olib qilinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hozirgi davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan xamirturush turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg xamirturush sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi (yana qarang Bijgʻish).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |