Simen Agdesteyn
Simen Agdesteyn | |
Simen Agdestein | |
![]() | |
Tugʻilgan sanasi: | 15-may 1967-yil |
Tugʻilgan joyi: | Asker Norvegiya |
Yashash joyi: | ![]() |
Unvoni: | Grossmeyster GM-1985-yil Xalqaro master MM -1983-yil |
Maksimal reytingi: | 2637 (iyul 2014) |
Dolzarb reytingi: | 1500015 |
Simen Agdeshteyn ( norv.: Simen Agdeshteyn; 1967-yil 15-may)norvegiyalik shaxmatchi (grossmeyster) va futbolchi .
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Simen bolaligidan shaxmat bilan shug'ullangan, 1982- yilda o‘n besh yoshida Norvegiya tarixidagi eng yosh shaxmat chempioniga aylandi (keyinchalik u yana yetti marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, oxirgi marta 2022-yilda). O'sha yili u Shaxmat Olimpiadasida debyut qilib, to'rtinchi doskada eng yaxshi natijani qayd etgan. 1983-yilda Agdeshteyn Yeyovikdagi [1] turnirda sobiq jahon chempioni Boris Spasskiyni mag'lub etdi. 1985-yilda u hududiy turnirda oltinchi o'rinni egalladi va Norvegiya tarixidagi birinchi grossmeysterga aylandi[2]. 1986-yilda Agdeshteyn 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi shaxmat bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan).
1980-yillarning o'rtalaridan boshlab Agdeshteyn Norvegiyaning ikkinchi divizioni Lyun klubida futbol o'ynagan, u futbol va shaxmatni birlashtirdi (u turnirlarda qatnashish uchun jamoani tark etardi) va Oslo universitetida sotsiologiya bo'yicha tahsil oldi. 1988-1989-yillarda Agdeshteyn Norvegiya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Shu bilan birga, 1989-yilda u jahon shaxmat reytingida o'n oltinchi o'rinni egallaydi[1][2]. Agdeshteynning futbolchilik faoliyati 1992-yilda pay cho'zilishi va shikastlanishi[1] tufayli yakunlangan. 1990-yillarda shaxmatdagi natijalari ham pasayib ketadi va ta'lim olishni uning ustuvor vazifasiga aylanadi (1995-yilda Agdestein Cand.polit darajasini old)[2] .
1997-yilda Agdeshteyn shaxmat bo'yicha darslik nashr etadi. Keyingi yili u Berumda shaxmat maktabiga asos soladi. Agdeshteyn qo'l ostida Baerumda shug'ullangan shogirdlaridan biri bo'lajak jahon chempioni Magnus Karlsen edi. Keyinchalik Simenning ukasi Espen Karlsenning menejeri bo'ldi va Simen uning tarjimai holini yozdi.
1999-yilda Agdeshteyn Cappelle-la-Grand [2] ochiq musobaqasida, 2003-yilda Men orolidagi[3] turnirda g'olib chiqdi. 2014-yilda u Stavanger superturnirida ishtirok etib, oxirgi o'ninchi o'rinni egalladi[4] .
Reyting oʻzgarishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbol statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Simen Agdestein | ||
Tavallud sanasi | 1967-yil 15-may (55 yosh) | ||
Tavallud joyi | Asker, Norvegiya, | ||
Boʻyi | 188 | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1984-1992 |
![]() | (92 (37)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1988-1989 |
![]() | (8 (1)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati | Liga | Kuboglar | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar |
Norvegiya | Liga | Norvegiya kubogi | Jami | |||||
1984-yil | Lyun [7] | 2 | 0 | - | 2 | 0 | ||
1985-yil | 4 | 1 | - | 4 | 1 | |||
1986-yil | 4 | 1 | - | 4 | 1 | |||
1987-yil | 19 | 8 | - | 19 | 8 | |||
1988-yil | 17 | 13 | 1 | 0 | 18 | 13 | ||
1989-yil | 17 | 5 | - | 17 | 5 | |||
1990-yil | 17 | 8 | 3 | 0 | 20 | 8 | ||
1991-yil | Birinchi divizion | 2 | 0 | - | 2 | 0 | ||
1992-yil | 10 | 1 | 2 | 6 | 12 | 7 | ||
Jami | Norvegiya | 92 | 37 | 6 | 6 | 98 | 43 | |
Karyerasi davomida | 92 | 37 | 6 | 6 | 98 | 43 |
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 277. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Калашников, М. „Как шахматист и футболист Симен Агдестейн из двух дорог выбрал третью“. PROСПОРТ онлайн (16-noyabr 2014-yil). 14-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Brekke, Ø. „Simen Agdestein“ (no). Norsk biografisk leksikon. 18-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
- ↑ Pein, M. „Agdestein nets a winner“. The Telegraph (8-oktyabr 2003-yil). 30-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Территория Карлсена становится домашней для Карякина“. chess-news.ru (14-iyun 2014-yil). 23-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
- ↑ Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)
- ↑ „Статистика выступлений Агдестейна за «Люн»“. 28-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.
- ↑ „Simen Agdestein“. 28-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2009-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)