Kontent qismiga oʻtish

Boris Spasskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boris Spasskiy
Борис Васильевич Спасский

Tugʻilgan sanasi: 30-yanvar 1937-yil
Tugʻilgan joyi: Leningrad, RSFSR, SSRI
Fuqaroligi: Sovet IttifoqiFransiyaRossiya
Vafot sanasi: 27-fevral 2025-yil(2025-02-27)
(87 yoshda)
Vafot joyi: Moskva, RF
Unvoni: Grossmeyster (1955), Xalqaro master (1953)
Maksimal reytingi: 2690 (iyul, 1971)
Hozirgi reytingi : 2548 (fevral, 2025)
Mukofotlari:


Boris Vasilyevich Spasskiy (30-yanvar 1937-yil, Leningrad, SSRI – 27-fevral 2025-yil, Moskva, RF) – shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1956), jahonning chempioni (T. V. Petrosyan ustidan gʻalaba qozongan, 1969—72). Koʻp xalqaro turnirlar gʻolibi. 1976-yilda Fransiyaga koʻchib ketadi. 2012-yilda Rossiyaga qaytib keladi. U 1980-yillarning oxirigacha faoliyatini davom ettiradi. 2010-yilda Vasiliy Smislov vafotidan soʻng shaxmat boʻyicha jahon chempionlari orasida eng yoshi kattasi boʻladi.

Dastlab Spasskiy hujumkor kombinatsion oʻyin uslubi bilan ajralib turardi. Vaqt oʻtishi bilan u oʻzining ochilish repertuarini, pozitsion mahoratini va oʻyin oxiri texnikasini takomillashtirdi va oʻzining eng yuqori choʻqqilarida oʻyinning barcha sohalarida juda kuchli boʻlgan koʻp qirrali oʻyinchi edi.[1].

Spasskiy Leningradda tugʻilgan boʻlib, oilada ikkinchi farzand edi. Uning akasi Georgiy 1934-yilda tugʻilgan. Shaxmatchining bobosi Vladimir Spasskiy Kursk viloyatidan Davlat Dumasining 4-chaqiriq deputati boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin, Leningrad shahri blokada boshlanishidan biroz oldin, Boris va uning akasi Kirov viloyatining Orichevskiy tumanidagi Korshik qishlogʻiga evakuatsiya qilinadi[2]. Ular ikkinchi eshelonda ketishadi. Birinchi va uchinchi eshelon bombardimon qilinadi[3]. Aka-uka bolalar uyiga joylashtiriladi. U yerda Boris besh yoshida shaxmat oʻynashni oʻrganadi. 1943-yilda ularning ota-onasi qamaldagi Leningraddan qochib, farzandlarini olib Moskva viloyatiga ketishdi. Ularning oilasi Shchelkovskiy tumani Sverdlovskiy qishlogʻida yashay boshlaydi.

Uning otasi avtomobil boʻlinmasiga komandirlik qilgan. 1944-yilda Borisning otasi oilasini tashlab ketadi. Bu vaqtda uning onasi uch oylik homilador edi. Noyabr oyida Borisning singlisi Iraida tugʻiladi. Singlisi keyinchalik shashka boʻyicha grossmeyster va yuz kataklik shashka boʻyicha jahon vitse-chempioni boʻladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Zangalis K. 10-y chempion mira Boris Spasskiy: A debyuti ya znal parshivo… (Wayback Machine saytida 2017-09-19 sanasida arxivlangan) // „Советский спорт“, 30.01.2012, № 13-M(18621)
  3. Самойлов, А. „Спорт и личность. Шахматный Пушкин“ (deadlink). Спорт уик-энд (2012-yil 1-fevral). 2013-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.