Silsila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Silsila (arab.zanjir) — ayollar taqinchogʻi; yuzni oʻrab turadigan peshona, chakka va iyak qismlaridan iborat zargarlik buyumi. Peshona qismi quyi qismiga yaproqcha (sharcha)li kalta zanjirlar osilgan 2—3 qatorli mayda hallangan kumush turunjlarning toʻr hosil qilib oʻzaro birikkan zanjirlaridan tuzilgan; chakka qismi uzun zanjirlarga biriktirilgan yaproqcha (yoki uchburchak tumor)lardan, iyak qismi ham bir necha shunday qatorlardan tuzilgan. S.ning chakka qismi iyak osti shokilalari bilan birga bosh kiyimga taqilgan.