Shoistaxon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Shoistaxon masjidi
bengalcha: শায়েস্তা খাঁর মসজিদ
Mamlakat  Bangladesh
Shahar Dakka
Koordinatalar Koordinatalari: 23°42′45″N 90°24′00″E / 23.712601°N 90.399891°E / 23.712601; 90.399891 G O
Yoʻnalishi sunniy
Asoschi Subahdar Shoista Xan
Binokorlik 16631678
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 4

Shoistaxon masjidi (bengalcha: শায়েস্তা খাঁর মসজিদ) – qadimgi Dakka, Bangladeshning Mitford hududida Buriganga daryosi boʻyida joylashgan tarixiy ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorlik. Masjid Boburiylar davri meʼmorchiligi namunasidir. Inshoot Bengaliyalik Subahdar, Shoistaxon tomonidan qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Subahdar Shoistaxon bu kichik masjidni Buriganga daryosi boʻyida qurdirgan. Shoistaxon 1664-yildan 1688-yilgacha Bengaliyani boshqargan Boburiylar subahdari edi. Bu masjid qurilishining aniq sanasi maʼlum emas, lekin u Subahdar Shoistaxon 1664-yilda Dakkaga ilk bor kelganida qurib bitkazilgan deb taxmin qilinadi[1]. U Xonning birinchi noibi boʻlgan davrda yaʼni, 1663–1678-yillar oraligʻida qurilgan[2][3]. Britaniya davrida masjid toʻsatdan yuz bergan yongʻin tufayli jiddiy zarar koʻrgan[3]. Yaqinda masjid qayta taʼmirlanib, asl qiyofasini yoʻqotdi.

Eshik ustiga oʻrnatilgan fors tilidagi eski yozuv bugungi kunda ham saqlanib qolingan boʻlib, bu bitik masjid Shoistaxon tomonidan qurdirilganligi haqida maʼlumot beradi. Boshqa tafsilotlar, jumladan sanalar ham hanuz nomaʼlumligicha qolgan.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning oʻlchami 14.13x7.62 metrni tashkil etadi[3]. Masjid uchta gumbazli va toʻrtta sakkiz burchakli minoradan tashkil topgan. Markaziy gumbaz boshqalarga qaraganda kattaroqdir. Binoning sharqiy tomonida uchta, shimol va janub tomonda esa bittadan eshiklari bor. Undagi hamma eshiklar arkaga ega[3].

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda bu uch gumbazli masjid konstruktiv jihatdan mustahkam va u Mitford kasalxonasining ulkan inshooti orasida koʻrinmay ketadi. Garchi mahalliy aholi tomonidan masjidga nisbatan yomon munosabatda boʻlinsa-da, bu Shoistaxon qurdirgan inshootlarning eng muhimlaridan biri hisoblaniladi. Masjid oʻzining asl koʻrinishini yoʻqotgan. Sirtidagi bezaklari hozirda gipslangan va yashil rangga boʻyalgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muntassir Mamoon, Dhaka Shomogra-3, 2005, Ananya publisher, ISBN 984-412-468-9, pg-52, 70-71
  2. Muntassir Mamoon, Dhaka: Smriti Bismritir Nagari (1st Khandha), 2008, Ananya publisher, ISBN 984-412-104-3, pg-258
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Shaista Khan Mosque“. Banglapedia. Qaraldi: 2011-yil 22-iyun.