Shohira Raufboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohira Hamro
Shohira Hamrayevna Raufboyeva
Tavalludi 5-oktyabr 1967
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat unversiteti
Kasbi Kinoshunos[1], jurnalist[2], blogger, teleboshlovchi[3], Senarist[4]
Millati oʻzbek
Dini islom
Turmush oʻrtogʻi Saidahmad Raufboyev
Bolalari 4ta
Otasi Hamro Tilavov
Onasi Mastura Tilavova
Mukofotlari „Eng faol kinojurnalist“ mukofoti[5], Madaniyat va sanʼat fidokori koʻkrak nishoni sohibi[6].

Shohira Raufboyeva (1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek kinoshunosi[7], kinojurnalisit[8], blogeri, teleboshlovchisi[9][10][11], ssenarist[12] va „CinemaTop-2020“ „Eng faol kinojurnalist“ mukofoti sohibi[13].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohira Hamrayevna Raufboyeva 1967-yil 5-oktabrda Navoiy viloyati (ilgari Buxoro) Karmana shahrida Hamro Tilavov va Mastura Tilavovalar olilasida dunyoga kelgan. 1984-yilda oʻrta maktabni tugatib, 1989-yilda Toshkent davlat unversitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatgan. Hozirda uning 4 nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

19901993-yillari Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi kino koʻrsatuvlar bosh muharririyatining muharriri.

19931994-yillari „Hilol-TV studiya“ ochiq aksiyadorlik jamiyati muharriri.

19942006-yillari Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Kinodasturlar bosh muharririyati muharriri, „Maʼnaviyat“ studiyasi katta muharriri.

20062013-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Oʻzbekiston“ teleradiokanali davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston“ telekanali „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlar“ bosh muharririyati „Qadriyat“ boʻlimining katta muharriri.

20132015-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyatining katta muharriri.

20152016 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

20162017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi „Maʼnaviy-tarbiyaviy dasturlar“ muharririyatining 1-toifali muharriri.

20172019-yillari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Madaniyat va maʼrifat“ telekanali" davlat unitar korxonasi Ijodiy-ishlab chiqarish xizmati „Madaniy-badiiy dasturlar“ muharririyatining katta muharriri.

2019—2021 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Oʻzbekiston tarixi“ telekanali „Tezkor dublyaj“ muharririyati bosh muharrir oʻrinbosari

2021— 2022-Kasaba uyushmalari federatsiyasining „Ishonch“ media markazi rahbari[14].

2022-2023 Oʻzbekiston Resbuplikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentigi qoshidagi „Kino sanʼati“ tahririyati bosh muhariri

27.11.2023-yildan boshlab Navoiy viloyati matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi[15]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda kinoteatr koʻrsatuvi „Yilning eng yaxshi teleloyihasi“ sifatida eʼtirof etilib, M&MTVA mukofotiga sazovor boʻldi.

2020-yil „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimi doirasida kinoijodkorlar qatorida Shohira Raufboyeva — „Eng faol kinojurnalist“ mukofotini olgan[16]

2021-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi koʻkrak nishoni sohibi[17]

2022-yil Madaniyat va sanʼat fidokori koʻkrak nishoni sohibi[18].

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raufboyeva 2023-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabovga „Kinematografiya fidokori“ koʻkrak nishonini topshirgani uning uyiga borgan. Uning ruxsatisiz videotasvirga olib, ogʻir ahvolda ekanligini ommaga eʼlon qilgan. Videomaterial Raufboyevaning ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchrashiga sabab boʻlgan. Bir necha taniqli aktyorlar Rajabovning ahvoli ogʻir emasligini taʼkidlashgan, lekin koʻp oʻtmay Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan soʻng 74 yoshida vafot etdi va jurnalistning aktyor haqidagi video maʼlumot oʻz tasdigʻini topdi[19][20][21]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fransiyadan maxsus: Kann festivalida kino yulduzlariga selfi tushish taqiqlandi[sayt ishlamaydi]
  2. forumga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
  3. notarial idora maʼlumotnoma berish uchun fuqaroni 3 kun sarson qildi[sayt ishlamaydi]
  4. uzuk / Sexrli uzuk (2008)[sayt ishlamaydi]
  5. ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi
  6. „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar
  7. Fransiyadan maxsus: Kann festivalida kino yulduzlariga selfi tushish taqiqlandi[sayt ishlamaydi]
  8. Animatsion forumga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
  9. Toshkentdagi notarial idora maʼlumotnoma berish uchun fuqaroni 3 kun sarson qildi
  10. Fransiyadan maxsus: Kann festivalida kino yulduzlariga selfi tushish taqiqlandi[sayt ishlamaydi]
  11. „Scorpion“ filmida turk aktyori Murat Yildirim suratga tushmoqda
  12. uzuk / Sexrli uzuk (2008)[sayt ishlamaydi]
  13. 100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi
  14. Xadjayev.A, Hayitov.Sh. Radio va Televidenie. Toshkent.sh: "IJOD PRESS" nashryoti, 2022-yil — 334-336-betlar bet. ISBN 978-9943-8132-7-4. 
  15. Navoiy viloyat hokimligi „РАУБАЕВА ШОҲИРА ҲАМРАЕВНА“. https://navoi.uz/uz. https://navoi.uz/uz.+Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  16. 100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi
  17. „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI“ ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANADIGANLAR ROʻYXATLARINI TASDIQLASH VA ULARNI TOPSHIRISH TOʻGʻRISIDA
  18. „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar
  19. „O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi“. https://www.xabar.uz/uz. Xabar.uz sayti. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  20. „O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  21. „O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi“. https://www.gazeta.uz/oz/. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]