Shimoliy Muz okeani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimoliy muz okeanidan yoʻnaltirildi)

boshqalar rudalar, Grenlandiya sohillarida molibden

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli hudud), yozda past bosimli hudud joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida oʻrtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha koʻtariladi. Bulutli va tumanli kunlar koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman boʻlib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.

Muzliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning oʻndan toʻqqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi koʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming kub kilometrni tashkil etadi. Arktika havzasida koʻchib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq soʻnggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti tomonidan sun’iy yoʻldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni koʻrsatadiki, muz maydonlar oʻrtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070-yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yoʻqolib ketishi bashorat qilinmoqda.

Iqtisodiy jihatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Ummonning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv oʻtlar hamda qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan. Okeanning yirik dengizlari orqali uch asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi. Yirik portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Dikson, Tiksi, Pevek (Rossiya); Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya); Cherchill (Kanada).

Okeanga tahdid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni boʻlsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u Sovuq urush davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi (WWF) ma’lum qilgan. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga oʻxshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha koʻpligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum boʻldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yogʻidan ham topilgan. WWFning ta’kidlashicha, zararli kimyoviy moddalar oqimlar bilan shimol tomonga harakatlanmoqda. U yerda esa mazkur moddalar muzlab, ma’lum muddatdan soʻng erigach, atrof-muhitni zaharlayapti.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Okeanlar (Ularning barchasi dunyo okeanining bir qismidir)
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani