Kolorado universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolorado universiteti — AQShdagi yetakchi universitetlardan biri. 1861-yil tashkil etilgan. Boulder kampusi (shaharchasi), Denver markazi, Denver tibbiyot markazi, Kolorado-Spring markazini oʻz ichiga oladi. Sanʼat, musiqa, muhandislik, atrof muhitni oʻrganish, sanoat va xoʻjalikni boshqarish, ped., jurnalistika, huquq, tibbiyot, farmakologiya va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 39 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,3 mln.dan ortiq asar saklanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil