Shimoliy Dvina
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Shimoliy Dvina | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 750 km |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Rossiya | |
Vikiomborda "Shimoliy Dvina" nomli sahifa mavjud |
Shimoliy dvina - RF Yevropa qismining shimolidagi daryo. Yug va Suxona daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oq dengizning Dvina qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 750 km, havzasining maydoni 362 ming km². Umumiy maydoni 900 km²boʻlgan delta hosil qiladi. Irmoqlari: oʻngdan — Vichegda, Pinega, chapdan — Vaga. Dengiz suvining koʻtarilishi Pinega quyiladigan yergacha yetib keladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi bahorda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish yerida 3540 m³/sek. Noyab.— aprelda muzlaydi. Daryoda baliq koʻp, yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Arxangelsk, Xolmogori, Verxnyaya Tayma, Kotlas, Krasnoborsk.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() |