Suxona
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Suxona | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 558 |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Suxona |
Suxona — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismi (Vologda viloyati) dagi daryo. Kubena kulidan boshlanadi. S.ning koʻldan chiqish joyiga shlyuzli toʻgʻon qurilgan. U Yug daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Shimoliy Dvina daryosi hosil boʻladi. Uzunligi 558 km, havzasining maydoni 50,3 ming km², oʻrtacha suv sarfi 463 m³/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi boʻlib sayoz oʻzanda oqadi. Oʻrta oqimida sayoz joyi koʻp, ostonalar bor. Quyi oqimida qirgʻogʻi baland (30 m gacha). Oʻzanida ostona koʻp (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam boʻlganidan, baʼzan, bahorda Vologda va Leja daryolari suvi bosib, S. suvi Kubena koʻliga qaytib oqadi. noyabrda muzlayda, aprel
ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Shimoliy Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Boshidan oxirigacha kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. S. soxilida Sokol, Totma, Velikiy Ustyug sh.lari joylashgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |