Vichegda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vichegda — RF Yevropa qismining shim.dagi daryo, Shim. Dvinaning oʻng irmogʻi. Uz. 1130 km. Havzasining mayd. 121 km2. Timan qirlarining jan. chekkasidan boshlanadi. V.ning yuqori qismida ostonalar bor. Quyi qismida botqoqli koʻlmaklar hosil boʻlgan. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi 116 m3/sek. Yogʻoch oqiziladi. Noyab. boshlarida muzlab, aprel oxirlarida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqdari: Shim. Keltma, Sisola, Vishera, Vim. Voldino pristanigacha (938 km) kema qatnaydi. V. boʻyida Siktivkar, Solvichegodsk, Kotlas (quyilish yerida) sh.lari joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil