Sabzavot ekinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sabzavot ekinlari - asosan, sabzavot olish uchun yetishtiriladigan madaniy oʻsimliklar guruhi. 120 dan ortiq ekiladigan turi maʼlum. 10 oilaga mansub 90 turi koʻp tarkalgan. Sabzavot ekinlari karamdoshlar (karam, sholgʻom, rediska, turp va boshqalar), soyabonguldoshlar (sabzi, selderey, petrushka, ukrop va boshqalar), shoʻradoshlar (lavlagi va boshqalar), qovokdoshlar (bodring , tarvuz, qovun, qovoq), tomatdoshlar (pomidor, baqlajon, qalampir), burchoqdoshlar (mosh, noʻxat, loviya), murakkabguldoshlar (salat va boshqalar), piyozdoshlar (piyoz, sarimsoq), torondoshlar (rovoch, otquloq) boshoqdoshlar (shirin donli makkajuxori) botanik oilalariga boʻlinadi. Piyozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. Sabzavot ekinlari oʻsishi va rivojlanishi davomiyligi tipiga koʻra, bir yillik (bodring , pomidor, qalampir, baqlajon), ikki yillik (sabzi, karam, piyoz, sarimsok, va boshqalar) va koʻp yillik (shovul, otquloq va boshqalar) ekinlarga boʻlinadi. Mahsuldor organlari (yeyiladigan qismi)ga koʻra 5 guruhga: i l dizmevalilar (sabzi, lavlagi, sholgʻom, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsok,), mevali sabzavotlar (pomidor, baklajon, kalampir, bodring , tarvuz, qovun va boshqalar), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, petrushka), dukkakli sabzavotlar (koʻk nuxat, loviya, jandiq)ga bulinadi. Ikki yillik Sabzavot ekinlari da 1-yili ovkatga ishlatiladigan hosil organlari yetishadi. 2-yili ular urug (piyoz, sarimsok, karam va boshqalar) beradi. Koʻpchilik Sabzavot ekinlari issiqsevar, tuproq unumdorligi va namga talabchan (yana q. Sabzavotchilik). Sabzavot ekinlari jahondagi barcha dexdonchilik mintaqalarida yetishtiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil