Shilka
Jump to navigation
Jump to search
Shilka — RF Chita viloyatidagi daryo, Zabaykalyeda. Amur daryosining chap irmogʻi. Ingoda va Onon daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 560 km, havzasining maydoni 206 ming km². Daryo togʻlar orasidagi tor va chuqur oʻzanda oqadi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 550 m³/sek. Noyab.dan muzlab, aprel oxiri — mayning boshlarida muzdan boʻshaydi. Sretensk shahri dan quyilish joyigacha kema qatnaydi, yogʻoch oqiziladi. Havzasida rangli metall va oltin konlari bor.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |