Sherzod Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sherzod Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-yanvar 1982-yil (1982-01-12) (42 yosh)
Sport
Qaysi sport Boks
Sport mukofotlari
Osio chempionati
Bronza Xoshimin 2005 75kg gacha

Sherzod Abdurahmonov ( 1982-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — o‘rta vazn toifasidagi o‘zbek bokschisi. 2000-yillarda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ringga ko‘tarilgan, Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, xalqaro ahamiyatga molik turnirlar g‘olibi va sovrindori, Afinadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherzod Abdurahmonov 1982-yil 12-yanvarda tug‘iladi.

U kattalar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi ilk jiddiy muvaffaqiyatini 2002-yilgi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tarkibiga kirganda Bokudagi Anvar Choudri kubogida ishtirok etib, u yerdan oltin mukofotini olib kelgan – birinchi yengil vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etadi, jumladan, finalda professionallar o‘rtasida bo‘lajak jahon chempioni kanadalik Jan Paskaldan qo‘li baland keladi.

2003-yilda u Choudri kubogining bronza medaliga sazovor bo‘ladi, Istanbuldagi Ahmet Jyomert xalqaro turnirida bronza medalini qo‘lga kiritadi, Kataniyadagi Butunjahon harbiy o‘yinlarida kumush medalini olishga muvaffaq bo‘ladi va hal qiluvchi o‘rta vazn toifasida rossiyalik Matvey Korobovga imkoniyatni qo‘ldan boy beradi.

U 2004-yilda Guanchjoudagi Osiyo olimpiya o‘yinlari saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi va ushbu muvaffaqiyatli chiqishi tufayli Afinadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Sherzod 75 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida turnir  to‘ridagi birinchi raqibi turkiyalik Serdar Ustyunerdan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi jangida rossiyalik bokschi Gaydarbek Gaydarbekovga[1] 19:33 hisobida mag‘lub bo‘ladi.

Afina Olimpiadasidan keyin Abdurahmonov O‘zbekiston bokschilar jamoasi tarkibida qolib, yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda davom etadi. Shu tariqa, 2005-yilda u Xoshimindagi Osiyo chempionatida bronza medalini, Galledagi kimyo Kubogining kumush medali sovrindori bo‘ladi va finalda uni olmon bokschisi Eduard Gutknextga imkoniyatni boy beradi. U Myanyandagi jahon chempionatida ishtirok etgan bo‘lsa ham, ammo bu yerda g‘oliblar qatoriga kira olmadi, 1/8 finalda arman bokschisi Andranik Akopyanga mag‘lub bo‘ladi.

2006-yilda u Plevendagi “Stranja” xalqaro turnirida yutib chiqadi[2], Germaniyada CISM chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritadi.

Abdurahmonov 2007-yilda yengil vazn toifasida ringga ko‘tarilib, Bangkokda Qirol ubogini qo‘lga kiritdi va Mariupoldagi Makar Mazay yodgorligining kumush medali sovrindori bo‘ladi va finalda Ukraina bokschisi Ismoil Sillaxga yengiladi.

2008-yilda Sherzod o‘rta vazn toifasida O‘zbekiston chempionatida eng yaxshi bokschi bo‘ladm, Ozarbayjondagi CISM chempionatida kumush medal sohibiga aylanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Olympic boxing results“. The America's Intelligence Wire (2004-yil 21-avgust). 2018-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
  2. Успех узбекских боксеров в Болгарии uzreport.news 23.02.2006
  3. Amateur-boxing.strefa.pl ma'lumotlar bazasidan olingan materiallar asosida

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]