Shavkat Zaynutdinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich
Tavalludi 1939, 6 - iyun
Toshkent shahri “Samarqand Darvoza” mahallasi
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbekiston
Sohasi sanoat iqtisodiyoti
Taʼlimi Toshkent moliya-iqtisod instituti(hozirgi Toshkent Moliya Instituti)
Akademik rahbarlari Gabzalilov G.F, Petrochenko P.F.
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi
Dini Islom

Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich(1939-yil 6-iyun) — iqtisod fanlari doktori(1988), professor(1989), „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“. 2015-yildan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv kafedrasi professori.

Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich 2013 — yilda dunyoning eng mashhur ikki mingta olimi roʻyxatiga kiritilgan.[1]

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich 1939-yil 6-iyunda Toshkent shahri „Samarqand Darvoza“ mahallasida tugʻilgan.

Toshkent shahridagi 90-Oʻrta maktabni bitirib, 1957-1961-yillarda Toshkent moliya-iqtisod institutida  sanoat iqtisodiyoti mutahassisligi boʻyicha taʼlim olgan va muvaffaqiyatli tamomlagan.

1961-1964-yillarda 116-samolyotsozlik zavodi iqtisodchi-muxandisi boʻlib ishlagan.

1965-1970  yillarda Toshkent xalq xoʻjalik instituti aspiranti, assistenti, kafedrasi katta oʻqituvchi, dekan muovini lavozimlarida ishladi.

1968-yilda Sanoat ishlab chiqarishida mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish sohasida nomzodlik(Gabzalilov G.F.)dissertatsiyasini, keyinroq, 1988 — yilga kelib mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan doktorlik(Pyotr Fyodorovich Petrochenko) dissertatsiyasini yoqlagan.

1970 — yilda Oʻzbekistonda dekan lavozimiga olimlardan birinchi boʻlib eng yosh dekan sifatida tayinlandi.

1970-1989-yillarda esa Toshkent xalq xoʻjaligi instituti kafedrasi dotsenti, mudiri, professori, fakultet dekani lavozimlarida ish faoliyatini davom ettirgan.

1989-2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti menejment kafedrasi mudiri boʻlib ishladi

2007-2015-yillarda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi  filiali mehnat iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi professori boʻlib ishladi.

2015-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv kafedrasi professori boʻlib ishlab kelmoqda.

Dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlar, jumladan, AQSh, Malayziya,Gretsiya hamda Hindistonning oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagogik safarlarda boʻlgan.

Asosiy ilmiy-pedagogik ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.          Sh. N. Zaynutdinov. Brigada — progressivnaya forma organizatsii truda. Tashkent.: „Znanie“. — 1983.

2.          Sh. N. Zaynutdinov. Problemi organizatsii truda v usloviyax nauchno-texnicheskogo progressa Tashkent.: „Uzbekistan“. — 1981.

3.          Sh. N. Zaynutdinov. Trud i sotsialnaya programma. Tashkent.: „Uzbekistan“. — 1988

4.          Sh.N. Zaynutdinov, G. Karmisheva. Investitsiyalarni boshqarish. Oʻquv qoʻllanma. — T.: TDIU, 2005.

5.          Sh.N. Zaynutdinov, F.M. Erkinova Teoriya rinka. Uchebnoe posobie. — T.: TGEU, 2005.

6.          Sh.N. Zaynutdinov, D.N. Raximova Korporativ boshqaruv asoslari. Oʻquv qoʻllanma. — T.: Akademiya, 2006.

7.          Sh.N. Zaynutdinov, M.L. Tursunxodjaev, I.R. Proizvodstvenniy menedjment. — T.: „Iqtisod-moliya“, 2006.

8.          Sh.N. Zaynutdinov, I.R. Nurimbetov. Personalni boshqarish. Oʻquv qoʻllanma. — T.: „Mitti yulduz“, 2007.

9.          Sh.N. Zaynutdinov Risk menejmenti. Oʻquv qoʻllanma. — T.: „Iqtisod-moliya“, 2007

10.     Sh.N. Zaynutdinov, S.X. Zaynutdinov.Farmasevtika menejmenti. Darslik. -T.: EXTREMUM PRESS, 2009.

11.     Sh.N. Zaynutdinov, B.X. Umirzakov Ekonomicheskaya teoriya. Uchebno-prakticheskoe posobie. — T.: Universitet informatsionnix texnologiy, 2009.

12.     Sh.N. Zaynutdinov, A.Z. Ashurov Korporativ boshqaruv. Oʻquv qoʻllanma. — T.: TDIU, 2010.

13.     Sh.N. Zaynutdinov i dr. Ekonomika truda. Uchebnik. — T.: REU im. Plexanova, 2010.

14.     Sh.N. Zaynutdinov, T.K. Norkulova, R.O. Parpiev Innovatsionniy menedjment. Uchebnoe posobie. — T.: „Moliya“, 2010.

15.     Sh.N. Zaynutdinov Menedjment, Uchebnik. — T.: „Choʻlpon“, 2011.

16.     Sh.N. Zaynutdinov, T.K. Norkulova, R.O. Parpiev. Innovatsionniy menedjment. Uchebnik. T.: „Moliya“, 2011.

17.     Sh.N. Zaynutdinov, T.A. Shermuxammedov. Teoriya menedjmenta. Uchebnik. — T.: TGEU, 2015.

Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovichning qator ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlari AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Indoneziya kabi mamlakatlada nashr etilgan, jumaldan:

Sh.N. Zaynutdinov, A.Z. Ashurov. Globalization: Realities and Prospects/ The Current. Global Trends.Vol 3, No 1 (2015). — P. 1-5.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2016-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-09

Sh.N. Zaynutdinov, A.Z. Ashurov. Globalization: Realities and Prospects/ The Current. Global Trends.Vol 3, No 1 (2015). — P. 1-5. — https://www.sci-edit.net/journal/index.php/cgt/article/download/89/52 (Wayback Machine saytida 2017-12-02 sanasida arxivlangan)