Sharqiy oʻrmon boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharqiy oʻrmon boʻrisi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Urugʻ: Boʻrilar
Areal

Sharqiy boʻri[1] yoki Shimoliy Amerika oʻrmon boʻrisi[2] (lotincha: Canis lycaon) — boʻrilar jinsiga mansub yirtqich hayvon boʻlib, Ontario shtatining janubi-sharqida va Kvebekning janubi-gʻarbiy qismida (Kanada) yashaydi. Sharqiy boʻrining tasnifi noaniq: soʻnggi yillarda u alohida tur sifatida ajratilgan boʻlsa-da[3][4][5], koʻpincha kulrang boʻrining kichik turi hisoblanadi (lotincha: Canis lupus lycaon)[6][7] shunindek kulrang va qizil boʻri yoki kulrang boʻri va koyotning chachishmasi sifatida qaraladi[8] .

Taksonomiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1774-yilda sharqiy boʻri birinchi marta nemis zoologi Shreber tomonidan tasvirlanganida, uni mustaqil boʻri turi - Canis lycaon deb ajratib koʻrsatdan. Xuddi shu nuqtai nazarni 20-asrning birinchi yarmida boʻshqa mualliflar ham ishlatgan. Biroq, keyinchalik sharqiy boʻrining oʻziga xos morfologik xususiyatlari olimlarni sharqiq oʻrmon boʻrisini kulrang boʻrining kichik turi - Canis lupus lycaon deb hisoblashlariga olib keldi. 20-asrning oxiri va 21-asrning boshlarida, kulrang va sharqiy boʻrilar oʻrtasidagi genlarda sezilarli tafovutni koʻrsatadigan genetik tadqiqotlar imkoniyati paydo boʻlgandan keyin sharqiy boʻrini tasniflash masalasi yana koʻtarildi.[8] .

Tashqi koʻrinishi va turmush tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy boʻrining bosh suyagi

Sharqiy boʻri juda kichik boʻridir: La Mauritsi milliy bogʻida (Kvebek) erkaklarning oʻrtacha balandligi 80 sm, tana vazni 40 kg; ayollari boʻyi 75 sm boʻlib, vazni 30 kg.ga yetadi; Jorjian-Bey qoʻriqxonasida sharqiy boʻrilarning oʻlchamlari bundan ham kichikroq. Teri och sargʻish-jigarrang, orqa va yon tomonlarida uzun qora tuklari mavjud boʻlib, quloqlarining orqasida qizil-jigarrang tusga ega.

Sharqiy boʻrilar toʻda hayvonlari hisoblanadi; Toda uchdan oltitagacha boʻlgan boʻrilarni oʻz ichiga oladi. Hududining oʻrtacha maydoni taxminan 150 km² (maksimal maydoni 500 km² gacha) boʻladi. Sharqiy boʻrilar oʻz hududini qoʻshni toʻdalar bosqinchiligidan himoyalanadi. U oq dumli bugʻularga, bugʻularga va qunduzlarga ov qiladi, shimoliy qismida esa karibularni ham ovlaydi. Tabiiy dushmanlar odamlar, ayiqlar va boshqa boʻrilar tomonidan ifodalanadi.

Toʻdaning yetakchisi va alfa urgʻochi fevral oyida juftlik hosil qiladi. Shundan 63 kun oʻtgach, boʻri bolalari (toʻrtdan yettitagacha) maxsus qazilgan uyada dunyoga keladi, ular olti-sakkiz hafta davomida ona suti bilan oziqlanishadi va shundan keyin ularni boshqa guruh aʼzolari boqadilar.

Yashash hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy bo'rilar toʻdasi(Algonquian provinsiya parki)

Evropalik koʻchmanchilar Amerikaga kelishidan oldin, sharqiy boʻrilar koyot va kulrang boʻrilar bilan qushni boʻlishgan. Uning diapazoni Missisipi sharqida Meksika koʻrfazi qirgʻogʻidan hozirgi Ontario janubigacha boʻlgan oʻrmonlarda itiqomad qilgan. Shuningdek, u sharqiy boʻrining sevimli oʻljasi boʻlgan oq dumli kiyikning yashash hududiga toʻgʻri keladi. Yevropaliklarning kelishi va tarqalishi AQShning sharqiy qismida (1900-yilga kelib) va Kanadada 1900-yilga kelib kulrang boʻrilarni va yirik yirtqichlarni yoʻq qilishni olib kelgan. Kulrang boʻrining yoʻq boʻlib ketishi sharqiy boʻriga oʻz yoʻnalishini shimolga yoyish imkonini berdi, oq dumli kiyiklarga ergashib, ular ham shu yoʻnalishda odamlardan chekinishdi[8] .

Sharqiy boʻrining sevimli yashash joyi - bargli, ignabargli yoki aralash oʻrmonlarning katta maydonlari. Faqat ushbu oʻrmonlar tufayli sharqiy boʻrilar omon qolishi mumkin. Kanadada, 2001-yilda, sharqiy boʻrilar tahdid ostidagi kichik tur deb eʼlon qilindi va La Moris milliy bogʻi chegaralarida qonun himoyasiga olingan[9].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fascione, N., Osborn, L. G. L., Kendrot, S. R., and Paquet, P. C. Canis Soupus: Eastern wolf genetics and its implications for wolf recovery in the Northeast United States // Endangered Species Update. — 2001. — Vol. 18, № 4. — P. 159—163.
  • Kyle, C. J., Johnson, A. R., Patterson, B. R., Wilson, P. J., Shami, K., Grewal, S. K., and White, B. N. Genetic nature of eastern wolves: Past, present and future // Conservation Genetics. — 2006. — Vol. 7, № 2. — P. 273—287. — doi:10.1007/s10592-006-9130-0.
  • Zimmer, K. What is a species // Scientific American. — 2008. — Vol. 298. — P. 72—79. — doi:10.1038/scientificamerican0608-72.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Млекопитающие - Полная иллюстрированная энциклопедия, 3000 экз, Москва: Омега, 2007 — 43 bet. ISBN 978-5-465-01347-1. 
  2. Вероника Елина. Закон стаи // Вокруг света. — 2002. — Andoza:Бсокр.
  3. Fascione et al. 2001.
  4. Chambers, S. M., Fain, S. R., Fazio, B., and Amaral, M. An Account of the Taxonomy of North American Wolves From Morphological and Genetic Analyses // North American Fauna. — 2012. — Andoza:Бсокр. — P. 1—67. — DOI:10.3996/nafa.77.0001.
  5. Hayot ensiklopediyasi
  6. Sharqiy oʻrmon boʻrisi: ITIS saytidagi taksonomiya
  7. Восточный волк в национальном парке Ла-Мориси (Wayback Machine saytida 10-fevral 2013-yil sanasida arxivlangan) на сайте Управления парков Канады
  8. 8,0 8,1 8,2 Kyle et al. 2006.
  9. Восточный волк (Wayback Machine saytida 8-fevral 2013-yil sanasida arxivlangan) на сайте Управления парков Канады(Inglizcha)