Sharifa Davronova
| Sharifa Davronova | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
27-sentyabr 2006-yil Samarqand, Oʻzbekiston |
| Sport | |
| Qaysi sport | Yengil atletika |
Sharifa Davronova (2006-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik yengil atletikachi. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida 15 yoshida uch hatlab sakrash boʻyicha gʻolib chiqqan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davronova Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida ayollar oʻrtasida yengil atletikaning uch hatlab sakrash turida 15 yoshida gʻolib chiqdi. Davronova 14.04 metr uzodlikka sakradi. Sharifaning bu natijasi musobaqada 2-oʻrinni egallagan, jahon reytingida esa birinchi oʻrinni egallab turgan raqibasining natijasidan 66 smga yaxshiroq edi[1]. Davronova keyinroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Turkiyaning Koʻniya shahrida oʻtkazilishi kechiktirilgan 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlariga yoʻl oldi. 2022-yil 11-avgust kuni Davronova ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrashda 14,30 metrga sakrab oltin medalni qo‘lga kiritdi[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davronova Samarqand shahrida tug'ilgan. Onasi — Nasiba Hoshimova. Muzaffar Karimov murabbiyligida 10 yoshidan boshlab yengil atletika bilan shug‘ullanadi[3].
Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Musobaqa | Musobaqa oʻtkazilgan joy | Oʻrin | Yoʻnalish | Natija |
|---|---|---|---|---|---|
| 2022 | Yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionati | Kali, Kolumbiya | 1 | Uch hatlab sakrash | 14.04 m |
| Islom birdamligi oʻyinlari | Koʻniya, Turkiya | 1 | Uch hatlab sakrash | 14.30 m | |
| Yengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionati | Al-Quvayt, Quvayt | 1st | Uzunlikka sakrash | 6.06 m | |
| 1 | Uch hatlab sakrash | 13.23 m | |||
| 2023 | Yengil atletika boʻyicha yopiq inshhotlardagi Osiyo chempionati | Ostona, Qozogʻiston | 1 | Uch hatlab sakrash | 13.98 m |
| Yengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionati | Toshkent, Oʻzbekiston | 2 | Uzunlikka sakrash | 6.22 m | |
| 1st | Uch hatlab sakrash | 13.99 m |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sharifa Davronova wins gold medal in women’s triple jump at World Athletics U20 2022“. daryo.uz.
- ↑ „Konya 2021: Uzbek athletes continue their winning streak with 3 gold and 1 silver medal at 5th Islamic Solidarity Games“. daryo.uz.
- ↑ „Sharifa Davronova: I justified the honor of the country, the trust of my parents and teachers“. Zarnews.uz.
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 2006-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand sport kishilari
- Ayol sportchilar
- 21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari