Kali
Jump to navigation
Jump to search
Kali — Kolumbiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Valya-del-Kauka departamentining maʼmuriy markazi. Fapbiy Kordilyera togʻlarida, 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1,7 mln. kishi (1995). T.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kauka vodiysidagi rivojlangan q. x. rayonining muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, rezina-texnika, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Velosipedlar ishlab chiqariladi. K. yaqinidan koʻmir qazib olinadi. 2 universitet, muzey bor. K.ga 1536 y.da asos solingan. 16—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |