Donets yoki Severskiy donets - Ukraina va Rossiya Federatsiyasidagidare. Don daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1053 km. Havzasiningmaydoni 98,9 ming km². Oʻrta Rossiya qirlariningjan. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida (Belgorodsh.gacha) toʻgʻonlar qurilgan. Oʻng sohili baland va tik. Havzasida eski oʻzan va botqoqlik koʻp. Asosiy irmoqlari: Oskol, Aydar, Kalitva. Qor suvlaridan toʻyinadi. Mart—aprelda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 160 m³/sek. Dekabr—yanvarda muzlab, martning oxirida muzdan boʻshaydi. Donetsk shahrigacha kema katnaydi (222 km masofada). S.D.ning quyilish joyida yirik UstDonetsk porti bor. Dare boʻyida Belgorod, Chuguyev, Izyum, Lisichansk, Schastye, Donetsk, KamenskShaxtinskiy, Belaya Kalitva sh.lari joylashgan.[1]