Sergi Darder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergi Darder
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergi Darder Moll[1]
Tavallud sanasi 22-dekabr 1993-yil (1993-12-22) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Artà, Ispaniya[1]
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Espanyol
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-1997 Artà
1997-2007 Manacor
2007-2011 Espanyol
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012 Espanyol B 36 (2)
2012-2013 Málaga B 37 (1)
2013-2015 Málaga 64 (6)
2015-2018 Lyon 52 (3)
2017-2018Espanyol (ijara) 35 (1)
2018- Espanyol 152 (15)
Milliy terma jamoa
2010 Ispaniya U17 7 (0)
2011 Ispaniya U18 2 (0)
2013-2014 Ispaniya U21 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-sentabr 2022-yil uchun)

Sergi Darder 1993-yil 22-dekabrda Ispaniyaning Arta shahrida tugʻilgan. ispaniyalik futbolchi, „Espanyol“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergi Darder „Espanyol“ futbol maktabi bitiruvchisi. 2012-yilda u „Malaga“ning zaxira jamoasi „Atletiko Malagenyo“ga oʻtdi. 2013-yilning yozida koʻp sonli asosiy futbolchilar jamoani tark etgach, yangi bosh murabbiy Bernd Shuster Sergi Darderni mavsum uchun tarkibga kiritdi[2]. 17 avgust kuni Darder Li ligada „Valencia“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[3]. 2014-yil 31-mart kuni „Betis“ga qarshi bahsda Sergi Sergi Darder hamsilar safida ilk golini urdi[4].

2015-yilning yozida Sergi Darder Fransiyaning „Lion“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi[5]. 20-sentabr kuni „Marsel“ga qarshi oʻyinda Sergi Darder Liga 1 da debyut qildi[6]. 23-oktabr kuni Tuluzaga qarshi kechgan bahsda u „Lion“ safidagi ilk golini urdi[7].

2017-yilning yozida Sergi Darder oʻzining vatani „Espanyol“iga ijara asosida qaytdi[8]. 9-sentabr kuni „Barcelona“ ga qarshi derbida u yangi jamoa safida debyut qildi[9]. 2018-yilning 1-iyulida „Espanyol“ futbolchini „Lion“dan sotib olgandi. 2018-yilning 7-oktabr kuni futbolchi „Espanyol“ga qaytganidan keyin ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha yosh toifalarini oʻz ichiga olgan holda, Sergi Darder Ispaniya milliy terma jamoasi uchun jami uchun 12 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi debyuti 2013-yilning 14-noyabrida boʻlib oʻtdi. 2015-yil UEFA chempionati saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina bilan safarda 6:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda Sergi Darder maydonga tushgan. Va futbolchi Sergi Darder umumhisobda 35 daqiqa maydonda toʻp surgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Málaga C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2013-2014 29 2 1 - - - 30 2
2014-2015 34 4 2 - - - 36 4
2015-2016 1 - - - - - 1 0
Jami 64 6 3 - - - 67 6
Olympic LionFransiya bayrogʻi Fransiya 2015-2016 26 2 5 1 4 - 35 3
2016-2017 23 1 4 - 8 1 35 2
2017-2018 3 - - - - - 3 0
Jami 52 3 9 1 12 1 73 5
R. C. D. EspanyolIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2017-2018 35 1 5 - - - 40 1
2018-2019 34 4 6 1 - - 40 5
2019-2020 36 2 - - 8 1 44 3
2020-2021 40 6 1 - - - 41 6
2021-2022 36 3 3 - - - 39 3
2022-2023 7 1 - - - - 7 1
Jami 184 16 15 1 8 1 211 19
Umumiy karyerasida 300 25 27 2 20 2 351 30

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir Klub Mamlakat Yil
Ispaniya ikkinchi divizioni Espanyol Angliya bayrogʻi Angliya 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Sergi Darder Moll“. RCD Espanyol. 2022-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  2. Samu tendrá dorsal del primer equipo y Darder y Fabrice seguirán con Schuster (isp.); 14.8.2013
  3. „Валенсия VS. Малага 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 17-avgust). 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Бетис VS. Малага 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 31-mart). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  5. „«Лион» объявил о трансфере Дардера за 12 млн евро“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-avgust). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-avgust.
  6. „Марсель VS. Лион 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-sentyabr). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  7. „Лион VS. Тулуза 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-noyabr.
  8. „«Эспаньол» арендовал Дардера у «Лиона» с правом выкупа за 8 млн евро“ (ru). sports.ru (2017-yil 1-sentyabr). 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-sentyabr.
  9. „Барселона VS. Эспаньол 5:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-sentyabr). 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-sentyabr.