Sergey Zinin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Ivanovich Zinin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1935-yil
Chirchiq, Тoshkent viloyati, SSSR
Vafoti 4-aprel 2013-yil (77 yosh)
Yegoryevsk, Моskva viloyati, Rossiya
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSROʻzbekiston OʻzbekistonRossiya Rossiya
Ilmiy unvoni olim
Mukofotlari

Sergey Ivanovich Zinin (1935-yil 5-dekabr — 2013-yil 4-aprel) — Sovet va Rossiya tilshunosi, Toshkent davlat universitetining filologiya kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti rus tili kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oliy Majlisi deputati. 1994-2002-yillarda Oʻzbekiston rus madaniyat markazi direktori (Toshkent). Yesenin nomidagi ,,Radunitsa" xalqaro jamiyati aʼzosi. Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi tashkilotchilaridan biri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Ivanovich Zinin 1935-yil 5-dekabrda O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ota-onasining o‘limidan so‘ng, Zinin ona tomonidan bo‘lgan bobosi Berkov Aleksey Yefrovich qaramog‘ida qolgan va tarbiyalangan.

1957-yilda armiyada xizmat qilgan. Armiyadan qaytgach S.Zinin  SAGU (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagach,  Toshkent Davlat universiteti Filologiya fakultetining Rus tilshunosligi kafedrasiga o‘qituvchi sifatida ishga taklif qilingan. Yosh olim aspiranturani tugatgach, tarixiy onomastika bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ushbu dargohda oddiy o‘qituvchilikdan kafedra mudiri lavozimigacha ko‘tarilgan. 1970-yilga kelib Sergey Ivanovich nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va dotsent ilmiy unvonini olgan. Uzoq yillar rus tili tarixi va dialektologiyasi hamda rus tili fakultetlararo kafedrasini boshqargan.

Zinin respublika oliy o‘quv yurtlari va maktablari uchun rus tili bo‘yicha qator darsliklar muallifi, umumiy va rus tilshunosligi, onomastika va bibliografiya bo‘yicha yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Olimning tadqiqotlari doirasi nihoyatda keng bo‘lib, uning ijodiy ishlari orasida V.I.Dal, E.D.Polivanov, V.V.Reshetov haqida yozilgan ilmiy ishlarni ham uchratish mumkin. Ammo F.M.Dostoyevskiyning poetik onomastika mavzusi boʻyicha olib borilayotgan doktorlik dissertatsiyasi o‘z nihoyasiga yetmagan[1].

1986-1990-yillarda Zinin O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti rus tili kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Mazkur yillar mobaynida O‘zbek filologiya fanini xorijda namoyish etish maqsadida dastlab Misrning Aynsham universitetida (1975-1976-yillarda), so‘ngra Yaponiyaning Tenriko universitetida (1981-1982-yillarda) maʼruzalar o‘qigan[2].

Olimning yuksak obro‘-eʼtibori unga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining rus tili bo‘limi mudiri lavozimini egallashga imkon bergan. Zininning fan yo‘lidagi yuksak xizmatlarini mamlakatda sotsiolingvistik tadqiqotlarning faollashgani bilan bog‘lash mumkin.

Sergey Ivanovich suveren oʻzbek davlati tashkil topishining dastlabki yillarida o‘z ixtiyori bilan mamlakat Xalq taʼlimi vazirligining rus tili boʻyicha ilmiy-uslubiy kengashiga rahbarlik qilgan. Uning bevosita ishtirokida respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda yangi ilmiy-amaliy hujjatlar tuzilib, bu boradagi darsliklar nashr etilgan[1].

Yillar davomida to‘plangan tajriba, ilmiy va pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyatlar S.I.Zininni yuqori cho‘qqilarni egallashiga zamin yaratdi. U 1990-yilda mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organi hisoblangan — O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylandi.

1995-va 2000-yillarda Oʻzbekistonning oliy qonun chiqaruvchi organi — respublika Oliy Majlisiga deputat bo‘lgan[3], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, taʼlim va madaniyat masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, keyinchalik kotibi  vazifasiga tayinlangan. „Davlat ramzlari to‘g‘risida“, „Davlat tili to‘g‘risida“, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa bir qator  muhim hujjatlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etgan.

Zinin Sergey Ivanovichning jamiyat hayotidagi faolligi va yuksak xizmatlari  "Shuhrat" medaliga munosib ko‘rilgan[1][4].

Uning tashabbusi bilan universitet kitobsevarlari o‘rtasida tashkil etilgan klub O‘zbekiston kitobsevarlari ixtiyoriy jamiyatiga rahbarlik qilgan paytida qo‘l keldi. Maʼlumki kitob targ‘iboti — kitob belgilarining tematik ko‘rgazmalarini tashkil etish bilan chambarchas bog‘liq. Shu sabab ularni yaratishda mamlakat tasviriy sanʼatining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalari jalb qilingan. ,,O‘zbekiston rassomlarining ekslibrislari" nomli noyob kichik hajmdagi kitobning nashr etilishi bu ishning kulminatsion nuqtasi bo‘lgan. S.I.Zinin Yesenin kitoblarining noyob to‘plamini yiqqan va mazkur mavzuda bir qancha maqolalar yozgan[1].

2009-yilda Xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha hukumat komissiyasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan[5].

2012-yilda Sergey Ivanovich Zinin oilaviy sabablarga ko‘ra, Moskva viloyatining Yegoryevsk shahriga doimiy yashash maqsadida ko‘chib o‘tgan.

Zinin 2013-yil 3-aprelida uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng Moskva viloyati Yegoryevsk shahrida vafot etgan. U o‘zining vasiyatida Toshkent shahridagi Botkin qabristoniga daftn etilgan otasining qabri yoniga kuydirib, kulini qo‘yishlarini so‘ragan. Oʻsha yilning 3-mayida Toshkentning qator ziyoli vakillari Oʻzbekistondagi rus jamiyatining koʻzga koʻringan namoyondasi Sergey Ivanovich Zinin bilan xayrlashishgan[6].

Toshkent rus madaniyat markazidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.I.Zinin 1994-200-yillarda Oʻzbekiston rus madaniyati markazini[2],  tashkil etishda ishtirok etgan va unga rahbarlik qilgan. Uning faoliyati Oʻzbekistonda rus madaniyati va anʼanalari hamda rus tilini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan.  O‘zbekistonning viloyat shaharlarida rusiyzabon aholi zich joylashgan hududlarda rus madaniyati markazlarini tashkil etishda shaxsan ishtirok etgan. Oʻzbekistonda bugungi kunda Respublika rus madaniyat markazining 23 ta boʻlinmasi faoliyat koʻrsatmoqda[7].

Sergey Yesenin ijodi va uni o‘rganish[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.I.Zinin talabalik yillaridanoq Sergey Yesenin ijodiga mehr qo‘ygan. Shuningdek, shoir asarlari, rus va boshqa tillardagi yuzlab maqolalari hamda ijodi haqidagi monografiya, jurnal va gazeta nashrlarini to‘plagan .

Zinin Oʻzbekistondagi Sergey Yesenin nomidagi Davlat adabiyot muzeyi asoschilaridan biri[8].

Yesenin nomidagi ,,Radunitsa" xalqaro jamiyati aʼzosi va uning O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari hisoblangan. Shu bilan birga, A.M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti tomonidan Moskva-Ryazan-Konstantinovoda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi bo‘lgan.

Zinin uzoq yillar davomida Sergey Yeseninning 1921-yilning may oyida Toshkent va Samarqandga qilgan safar jarayonlarini o‘rgangan. Qolaversa, u 1921-yil may oyida Yeseninning Oʻrta Osiyo va Toshkentda boʻlganligi haqidagi tadqiqot ishi muallifi. 2003-yilda S.I.Zinin ,,Sergey Yeseninning Turkistonga sayohati" nomli monografiyasini yozgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Toshkentda yashagan Sergey Aleksandrovichning qizi, jurnalist va yozuvchi Tatyana haqida  ham materiallar muallifi.

Uning qator, ,,Neizvestniy S. A. Yesenin. V plenu u G. A. Benislavskoy"[9], ,,Sergey Yesenin i Sofya Tolstaya" kitoblari Moskvada nashr etilgan[10].

Zinin O‘zbekistonning va Toshkentning turli mahalliy nashrlarida Sergey Yesenin haqidagi nashrlarning to‘liq bibliografiyasini tuzishga erishgan.

Yillar mobaynida ,,Sergey Yesenin va uning atrofidagilari" deb ataluvchi materiallarni jamlab, nashr ettirgan. Unda rus shoirining 1940-yilgacha bo‘lgan hayoti va ijodi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan barcha shaxslar haqida maʼlumot berilishini maqsad qilingan[11].

S.I.Zinin shoir  Yeseninning atrofidagilari orasidan Aleksandr Shiryayevsga alohida eʼtibor qaratgan. Unga atab bir nechta maqolalar, xususan, 2008-yil Toshkentda nashr etilgan ,,Ruslar O‘zbekistonda" to‘plami ,,Shoir Aleksandr Vasilyevich Shiryayeves"ga bag‘ishlangan.

Zinin Volga bo‘yida tug‘ilgan, lekin Turkistonda o‘n yetti yil yashagan Sergey Yeseninning yaqin do‘sti Aleksandr Shiryayevsning hayoti va ijodiga oid ko‘p yillik izlanishlar olib borgan. Natijada „Aleksandr Shiryayevets — rus va turkistonlik shoir“ sarlavhasi ostida hujjatli-biografik ocherk yozgan[12]. Ammo ushbu ocherk 2013-yilda Toshkentda yozuvchi vafotidan  so‘ng nashr etilgan.

1992-yildan boshlab Toshkentda S.I.Zinin tashabbusi  va Toshkentdagi Yesenin muzeyi kengashi buyrug‘i bilan „Yesenin dunyosi“ning maxsus nashrlari chop etila boshlangan[13][14].

Sergey Ivanovich Zininni bilgan odamlar, uning ko‘p qirrali shaxsiyatini to‘liq aks ettirgan kutubxonasini hayrat bilan eslashadi. Uning Yesenin kolleksiyasining salmoqli qismi Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyiga topshirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „НАШИ СООТЕЧЕСТВЕННИКИ. СЕРГЕЙ ИВАНОВИЧ ЗИНИН |“. www.sootechestvenniki.uz. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Kultura.uz. „"Вокруг себя объединивший…". Светлой памяти С.И. Зинина - Kultura.uz“. www.kultura.uz. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  3. Oliy Majlis perevoditsya na russkiy yazik kak Verxovniy Sovet, to est yavlyaetsya respublikanskim parlamentom.
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-ей годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
  5. SPISOK SOOTYeChYeSTVYeNNIKOV, NAGRAJDYeNNIX POChYoTNOY GRAMOTOY PRAVITYeLSTVYeNNOY KOMISSII PO DYeLAM SOOTYeChYeSTVYeNNIKOV ZA RUBYeJOM V 2009 GODU
  6. „Скончался Сергей Зинин - аксакал русской общины Узбекистана“. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  7. „В Русском культурном центре в Ташкенте прошел вечер памяти его первого главы - В Русском культурном центре в Ташкенте прошел вечер памяти его первого главы - Мой Город“. mg.ofgw.norma.uz. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  8. „Музей Сергея Есенина в Ташкенте - Музей Сергея Есенина в Ташкенте - Мой Город“. www.mg.uz. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  9. „Knigi-janzen.de - Неизвестный Есенин. В плену у Бениславской | Zinin S. | 978-5-699-44235-5 | Kupit russkie knigi v internet-magazine.“. www.knigi-janzen.de. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  10. Сергей Есенин и Софья Толстая. 
  11. Predvaritelno podgotovleni k pechati i obrabotani biobibliograficheskie slovarnie stati familiy na bukvi A, B, V, G, D.
  12. „Зинин, Сергей Иванович - Александр Ширяевец - поэт российский и туркестанский [Текст : документально-биографический очерк - Search RSL“]. search.rsl.ru. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  13. Po sostoyaniyu na 2008 god vishlo 9 vipuskov v gazetnom variante. Pozdnee s 2000 goda oni stali vipuskatsya v vide informatsionnogo byulletenya Russkogo kulturnogo sentra i tashkentskogo obщestva „Radunitsa“.
  14. V etix broshyurax publikuyutsya materiali o Yesenine i ego okrujenii, avtorami kotorix yavlyayutsya rossiyskie i uzbekistanskie korrespondenti.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nazirov I. Qonun ijodkorligi tajribasiga ega . // „O‘zbekiston o‘qituvchisi“. Toshkent, 1994 yil, 21-27 dekabr. C. 2.
  • Radchenko L. „Qalblar ittifoqi va birodarlik rishtalari …“. Rus madaniyat markazi raisi Zinin S.I. bilan suhbat. // „Birlik“. ASOC International va Bommineren gazetasi. № 16 (56). Toshkent. 1995 yil, 30 avgust. S. 7.
  • "Xalq birligi" („Birlik“) harakati hamraisi . // Birlik („Birlik“). Toshkent. 1995 yil 10 iyun. № 1. P. 3.
  • Nurmatov N. Extir. // „Adolat“. Toshkent. 1995 yil. dekabr. P. 2. (S. 60 yilligi munosabati bilan. VA. Zinina).
  • Spiridonova A. Deputat, olim, bibliofil. // „Kechki Toshkent“. Toshkent. 1995 yil 6 dekabr. C. 3.
  • Xatamov A. Deputatlar aytadilar. (S.I. Zinin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kotibi. // Narodnoe slovo. Toshkent. 1997 yil, 30 avgust. 3-bet.
  • Rus diasporasi bilan uchrashuv. S.I. bilan uchrashuv haqida. Zinin Andijonda . // Andijanskaya pravda. Andijon. 1998 yil 6 mart
  • Toshkentlik Berezovskiy V. Sergey Zinin . // Soyuz. Ittifoq Vazirlar Kengashining davriy nashri. 2011 yil, 11 oktyabr. № 35 (41). C. 3.
  • S.I.Zinin haqida qisqacha biografik maʼlumot. // S.I.Zinin toʻplamidan ekslibrisdagi Pushkiniana. 2005-yil 19-fevraldan 4-martgacha Toshkentdagi S.Yesenin muzeyidagi ko‘rgazmaga buklet-taklifnoma.
  • Kostetskiy V.A. Sergey Ivanovich Zinin — rus olimi va jamoat arbobi. // Oʻzbekistondagi ruslar. Toshkent. 2008. S.281 — 283.
  • Sereda N.A. Nikiforov Yesenin olimlari va Yeseninolyubov olamida.(S.I.Zinin haqida material bor). // S.A.Yesenin tavalludining 116 yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya materiallari asosida entsiklopedik formatda S.Yesenin ijodining tarjimai holi.NT. Moskva — Ryazan-Konstantinovo. 2012. B.439 — 453.
  • VA. O‘zbekiston/O‘zbekiston havo yo‘llari . No 1. 1997. B. 33 — 35.
  • Boshlanmagan B.O. Rus familiyalari: Per. ingliz tilidan //Jami muharrir B.A. Uspenskiy. M .: Taraqqiyot. 1989 yil, 314-bet.
  • Koinova E. G. Yengil odam. S.I.Zinin xotirasiga // S.A.Yesenin tavalludining 117 yilligiga va Rossiya tarixi yiliga bagʻishlangan ilmiy konferentsiya materiallari. Moskva-Ryazan-Konstantinovo. 2013. S. 467 — 473.[1]
  • Davshan A.N. S.I.Zinin xotirasiga. // „Sharq yulduzi“. Toshkent. 2013 yil, No 2. S. 128 −129.
  • Flygin Yu.S., Markevich A.V. // „Sharq yulduzi“. Toshkent. 2014 yil, №.
  • atrofida birlashgan : Sergey Ivanovich Zininni eslash // Sat. maqolalar. Oʻzbekiston rus madaniyat markazi. Toshkent. 2014. 125 b. http://search.rsl.ru/ru/record/01007505885

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сергей. „КОЙНОВА Е. Светлый человек. Памяти Сергея Ивановича Зинина“. esenin.ru. 2016-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]