Sergey Yesenin muzeyi
Sergey Yesenin uy-muzeyi (ruscha: Музей Сергея Есенина) — Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Tolstoy berk ko'chasi, 20-uyda joylashgan, buyuk rus shoiri Sergey Yesenin hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan muzey.
Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muzey zallarida Sergey Yeseninning avtograflari, uning juda kamyob asarlari, betakror suratlari, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar mavjud. Shuningdek muzeyga muhandis-energetik V.Yuferev tomonidan taqdim etilgan yigirmanchi yillar kamyob asarlari ham barchada katta qiziqish uygʻotadi. Uzoq yillar Toshkentda yashagan shoir Aleksandr Shiryavsev fondi materiallari asosida "Yesenin va biz" ekspozitsiyasi tashkil qilingan. Uning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan, shuningdek oʻzga tildagi kitoblari mavjud[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Sergey Yesenin muzeyi, archived from the original on 2017-08-10, https://web.archive.org/web/20170810211045/https://meros.uz/uz/wonder/view?id=149, qaraldi: 2017-08-10
![]() |