Serdaraly Ataýew

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serdaraly Ataýew
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Serdaraly Myratalyýeiwç Ataýew
Tavallud sanasi 14-dekabr 1984-yil (1984-12-14) (39 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston SSR, USSR[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nebitçi
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 FC Ahal
2011 FC Altyn Asyr
2013 FK Dinamo Samarqand
2013 FC Ahal
2014–2015 FC Balkan
2016 FC Energetik Mary
2017 Şagadam FK
2018 FC Alga Bishkek ? (12)
2019 Şagadam FK
2020 FC Energetik Mary 3 (0)
Milliy terma jamoa
2015–2016 Turkmaniston 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 29-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 28-yanvar uchun)

Serdaraly Ataýew (oʻzbekcha: Sardorali Atayev, 1984-yil 14 dekabr,Turkmaniston SSR) – Nebitchi FT jamoasida oʻynagan professional turkman futbolchisi[2]. Turkmaniston milliy terma jamoasining sobiq aʼzosi[3].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini futzalda, „Hereket“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2010-yilda Turkmanistonnin eng yaxshi futzalchisi boʻldi[4]. Professional futboldagi debyut faoliyatini 2010-yilgi mavsumda „Ahal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi

2013-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etgan[5][6].

Serdaraly 2013-yilda Turkmaniston kubogi finalida „Ahal“ jamoasi takibida gʻalaba toʻpini kiritgan. 2014-yilda Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan[7].

Serdaraly 2018-yilgi mavsumni „Alga Bishkek“ jamoasi safida Qirgʻiziston chempionatida oʻtkazdi[8]. Bishkek jamoasi tarkibida 12 ta gol urgan[9].

2019-yilda u Turkmanistonga qaytib, yana „Shagadam FK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[10].

Serdarali Atayev 2020-yilning yanvarida „Energetik“ jamoasi safiga oʻtgan. Energetik FK[11] klubidagi muvaffaqiyatsiz oʻyinlaridan soʻng, 2020-yilning yozgi transfer oynasida Nebitchi FT[12] bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Turkmaniston terma jamoasida 2010-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etgan[13].

Atayev Turkmaniston milliy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 11-iyunida Guamga qarshi oʻtkazgan[14].

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gollar va natijalar birinchi boʻlib Turkmanistonning gollar sonini sanab oʻtadi. [15]
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 29-mart Javoharlal Neru stadioni, Kochi, Hindiston  Hindiston 2 – 1 2–1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkmaniston kubogi :
Gʻolib: 2013
  • Turkmaniston Superkubogi :
Gʻolib: 2014

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Serdarali ATAYEV – FIFA competition record (archived)
  • Serdaraly Ataýew at National-Football-Teams.com