Sentob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sentob
qishloq
40°34′0″N 65°41′0″E / 40.56667°N 65.68333°E / 40.56667; 65.68333 G OKoordinatalari: 40°34′0″N 65°41′0″E / 40.56667°N 65.68333°E / 40.56667; 65.68333 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Navoiy viloyati
tuman Nurota tumani
Aholisi
 (2023)
3 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 85
Sentob xaritada
Sentob
Sentob
Sentob xaritada
Sentob
Sentob

Sentob — Navoiy viloyatining Nurota tumaniga qarashli qishloq. Tuman markazidan 120 kilometr, Aydarko‘ldan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ham boy[1]. „Sintob“ so‘zi sanskrit tilidan olingan bo‘lib, „katta soy“ degan maʼnoni anglatadi. Aholisi 3000 dan ziyod. Ular asosan tojik tilida gapirishadi[2].

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda Sentob suv ombori, Qadimiy karvonsaroylar, „Xo‘ja Porsho“, „Xo‘ja Maxmad Savrato“ ziyoratgohlari, Zardushtiylik dini oʻchoqlaridan biri boʻlgan qadimiy ibodatxona, „Chashmai ako“ bulog‘i, qadimiy qalʼalar mavjud. Qoya toshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog‘ tepasidagi ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasida joylashgan Fozilmon ko‘li qishloqning diqqatga sazovor joylaridandir. Sentob qishlog‘idan 12 km uzoqlikdagi „Qora tog‘“ qoyatoshlarida ko‘plab ko‘hi uslubiga oid arab grafikasidagi yozuvlar, Qurʼon oyatlardan fragmentlar hamda qadimiy qo‘rg‘onlarni uchratish mumkin[3].

Turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning mart oyida qishloqqa rasman „turizm qishlogʻi“ maqomi berilgan. Sintobga ilk sayyoh 2006-yilda Niderlandiyadan kelgan. Keyinchalik yevropalik turistlar oqimi kuchaygan. Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyevning maʼlumotiga koʻra qishloqqa muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan sayyohlar tashrif buyurishmoqda[4]. Bir oyda qishloqqa 100 — 150 dan ortiq sayyoh tashrif buyuradi[5]. Sentob qishlog‘ida 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 ta hostel faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]