Kanareyka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kanareyka (Serinus canaria) — chumchuqsimonlar turkumining vyuroklar (yuroklar) oilasiga mansub qush. K.ni ispanlar 15-asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelishgan (nomi shundan olingan). Tabiatda Kanar, Madeyra va Azor o.larida tapqalgan. Tanasining uz. 12—14 sm. Narining patlari sargʻish-yashil, modasi yashil. Oʻrmon, bogʻ va butazorlarda yashaydi. Daraxtlarda uya yasab, 3—5 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 2 marta joʻja ochadi. Oʻsimliklar urugʻi va mevalari bilan oziqlanadi. Yaxshi sayragani uchun xonadonlarda ham boqiladi. K.ning har xil sayroqi va dekorativ (kokildor, jingalak patli, bukri) zotlari chiqarilgan. Yovvoyi K. har u xil ovozlarga taqlid qila oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil