Sariq ilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sariq ilon (Ophisaurus apodus) — urchuqsimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uzunligi 1,2 m (oilada eng yirik tur). Tangachalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Janubiy Yevropa va Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Rangi qoʻngʻir, sargʻish yoki qizgʻish, yaltiroq. Asosan, quruq joylar, koʻpincha jarliklar, oʻrmonlar va bogʻlarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mollyuskalar), baʼzan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Iyun — iyul oylarida 8—10 ta tuxum qoʻyadi va tuxumlarini qoʻriqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil