Sara Hurtado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Hurtado
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Sara Hurtado
Davlat Ispaniya Ispaniya
Boʻyi 161
Oldingi sheriklari Adrián Díaz
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 168.33
Qisqa dastur 67.14
Erkin dastur 101.40

Sara Hurtado Martin (Talaffuzi: Sara Urtado Martin; 1992-yil 3-noyabr, Madrid, Ispaniya) — ispaniyalik figurali uchuvchi. Sportdagi sherigi Adrián Díaz bilan Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasida qatnashgan birinchi ispaniyalik figurali uchuvchilardir. Juftlik 2015-yilgi qishki Universiada chempioni hamda Ispaniyaning besh karra chempioni boʻlgan.

Sara Hurtado 2016-yilning bahorida sobiq rossiyalik figurali uchuvchi Kirill Xalyavin bilan juftlik hosil qildi va u bilan birga mamlakat chempioni boʻldi.

2018-yil 2-iyun holatiga koʻra, Diaz/ Sara juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 29-oʻrinni egallagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakkiz yoshli Sarani onasi Pilar Martin Majadahonda La Nevera figurali uchish maktabiga olib borgan va u oʻsha joyda konkida uchishni boshlagan. Dastlab, koʻpchilik figurali uchuvchilar singari, Sara yakka holda konkida uchuvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Hurtado/Diaz jufgtligi 2013-yil oxirida 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish boʻyicha — muz ustida raqs musobaqasida qatnashish huquqi uchun Germaniyada boʻlib oʻtgan turnirda qatnashishdi[2]. Yevropa chempionatida juftlik kuchli oʻntalikdan joy oldi.

Hurtado/Diaz raqs juftligi olimpiadadan keyingi mavsumni Barri shahrida oʻtkazilgan Autumn Classic International musobaqasida boshladi va u yerda beshinchi oʻrinni egalladi. Ikki hafta oʻtgach, Zagrebda boʻlib oʻtgan „Golden Skate of Zagreb 2014“ turnirida barcha bosqichdagi natijalari yaxshilanib, sportchilar uchunchi oʻrinni egalladi. Juftlik 2015-yildagi Yevropa chempionatida shov-shuv koʻtarishdi. Ular barcha sport yutuqlarini yaxshiladilar va eng yaxshi beshta raqs juftligi roʻyxatiga kirishdi. Bir hafta oʻtgach, Ispaniyada oʻtkazilgan qishki Universiadada ishtirok etishdi. Juftlik Shanxayda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oldingi natijalarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi.

2015-yilgi kuz mavsumi juftlik uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Saraning toʻpigʻidan jarohat olgani sababli, juftlik Finlandiya va Fransiyada oʻtkazilgan turnirlarni tark etishdi. Koʻp oʻtmay, juftlik tarqaldi. Díaz Britaniya chempioni raqqosa Olivia Smart bilan yangi juftlik hosil qildi. Figurali uchuvchilar Ispaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashishga qaror qilishdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sara Hurtado Fransisko de Vitoriya universitetida jurnalistika fakulteti talabasi (ispancha: Universidad Francisco de Vitoria).

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(A. Diaz bilan)

Musobaqa 08/09 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 13
Jahon chempionati 23 19 19 16 14
Yevropa chempionati 15 16 15 10 5
Unversiada 4 8 2
Autumn Classic 5
Toruń Cup 2
Nice kubogi 3 2
Nebelhorn Trophy 7 9 8
NRW Trophy 6
Bavarian Open 3
Xalqaro (oʻsmirlar oʻrtasida)
Jahon chempionati 32 16 9
Gran Pri: Germaniya 5
Gran Pri: Britaniya 10
Gran Pri: Turkiya 6
Gran Pri: AQSh 10
NRW Trophy 6 8
Milliy
Ispaniya Chempionati 1 1 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17-iyun 2011-yil). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2011-yil.
  2. „Autumn Classic International: Танцы на льду. Пападакис — Сизерон одержали победу.“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.