Sapar Xoʻjaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoʻjaniyozov Sapar (1913.15.4, Kegeyli tumani — 1983.15.4, Nukus) — qoraqalpoq adibi, aktyor va rejissyor Oʻzbekiston xalqartisti (1973). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Moskva teatr sanʼati institutini tugatgan (1959). 193576-yillarda Krraqalpoq musiqali drama teatrida ishlagan. "Guliston" sheʼriy toʻplami (1948), "Oysha", "Zyyoda", "Baxt", "Goʻzallar", "Oyquloq", "Taluas" pyesalari, "Oq oltin dalalarining kishilari" qissasi nashr qilingan. "Suymaganga suykanma" komediyasi keng shuxrat qozongan. "Qizlar" musiqali komediyasi, "Ahmoq podsho" (Berdaq dostoni asosida), "Mamanbiy" (T. Qayipbergenov romani asosida) musiqali dramalarini yaratdi. Aktyor sifatida Mitya ("Kambagʻallik ayb emas"), Boysari ("Alpomish"), Maqdonald ("Amerika ovozi") kabi obrazlari unga katta shuhrat keltirgan. "Oltin koʻl" (Uygʻun), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Ogʻriq tishlar" (Abdulla Qahhor), "Qiz Jibek" (G. Musrepov) singari spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1960).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil